Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli


Daosizm – Eramizdan oldingi IV-III asrlarda Xitoyda paydo bo‘lgan yarim falsafiy, yarim diniy, sinkretik ta’limot


Download 0.88 Mb.
bet141/171
Sana10.11.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1761244
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   171
Bog'liq
Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu Falsafa fanining predmet

Daosizm – Eramizdan oldingi IV-III asrlarda Xitoyda paydo bo‘lgan yarim falsafiy, yarim diniy, sinkretik ta’limot. Uning tub g‘oyasi moddiy olamdagi buyum va hodisalar turli-tumanligining mohiyatini ta’minlovchi, ularning mavjudlik sababi va manbaini tashkil etuvchi "dao" to‘g‘risidagi tasavvurlardan iborat. Eramizning II asriga kelib bu ta’limot asosida diniy qarashlar ham shakllangan va u daosizm nomini olgan. Bu din qadimgi dunyo faylasufi Dao Szi nomi bilan bog‘liq "Dao de szin" kitobidagi ta’limotga asoslangan.
Daosizmda moddiy olam haqida sodda dialektika elementlari ham mavjud. U dunyodagi barcha buyum va hodisalar o‘zgarishda, harakatda, ba’zi narsalar tiklansa, boshqalari so‘nadi, deb g‘oyat to‘g‘ri ta’lim beradi.
Ammo kohinlar bu ta’limot asosiga diniy g‘oyalarni qo‘yib, g‘oyat ko‘p ruh va xudolarga ibodat qilishdan iborat diniy tizimni yaratdilar. Bu din kohinlari "daos" nomi bilan yuritilgan. Ular uchun rohiblik, darveshlik qilishdan tashqari, oila qurish ham ma’n etilmagan.
SHu tariqa daosizmda olamni boshqaruvchi uch xudolikdan iborat xudolar pantioni – qarorgohi (SHan di, Dao szi, Pan gu) paydo bo‘lgan.
Daosizm dastlab mulkdorlar hokimiyatiga qarshi bo‘lib, kambag‘allar manfaatini ifodalagan. Keyinchalik esa u hukmron sinflarning g‘oyaviy quroliga aylangan. Manchjurlar sulolasi Sin hukmronligi davrida (1644-1911) daosizm diniy ta’limoti inqirozga uchragan. Hozirgi vaqtda daosizm diniga e’tiqod qiluvchilar juda kamchilikni tashkil etadi.
Konfutsiylik. Bu oqim qadimgi Xitoyda eramizdan avvalgi VI-V asrlarda paydo bo‘lgan. Keyinchalik diniy mazmun kasb etgan bu ta’limotga ma’rifatparvar Konfutsiy (Kun-Szi, 551-479 yillar) asos solgan.
Konfutsiylik ta’limotida dunyoqarash masalalariga emas, balki ijtimoiy axloq muammolariga ko‘proq o‘rin berilgan. Unda "axloqli kishi" bo‘lish, donishmandlardan ta’lim olish haqidagi g‘oyalar ilgari suriladi. Bu ta’limotga ko‘ra jamiyatda hukm surgan "jen" insonparvarlikka rioya qilmog‘i lozim. Bu esa kamtarlik, onglilik, vazminlik, mehribonlik, odillik, sahiylikdan iborat. Inson "jen" qonunini o‘zlashtirish uchun jamiyatda tutgan o‘rniga qarab "li" me’yorlarini bajarishi talab etiladi. An’analar, urf-odatlar shunga muvofiq belgilanadi. Past tabaqa xalqning "axloqiy ulug‘" boshliqlarga itoat qilishi zarurligi shu bilan oqlangan.
Konfutsiylikda kishilarni yuqori va quyi tabaqalarga ajratishda ularning boyligi yoki ijtimoiy kelib chiqishi asosiy rol o‘ynamagan; bunda yuksak axloqiy fazilatning xizmati katta deb hisoblangan. Biroq bu hukmron va qaram tabaqalarga ajratshp butunlay inkor etiladi, degan gap emas. Konfutsiyning fikricha, tabaqalarga ajratish tartibi eski an’analarga asoslanishi va uni davlat boshqarishi lozim. Nomlarning to‘g‘rilanishi, CHjen-min siyosati bu tartiblarni amalga oshirish quroli qilib belgilangan. CHjen-min siyosati bo‘yicha hamma narsa va hodisalar o‘z ismiga mos kelishi kerak. Ana shunda hamma o‘z huquqi va majburiyatini biladi.
Eramizning boshida konfutsiylikka diniy g‘oyalar kiritilgan va u diniy ta’limot sifatida talqin qilina boshlangan. Konfutsiyning qabri yoniga ko‘plab ibodatxonalar qurilgan, unga qurbonliklar qilina boshlangan. SHu tariqa Konfutsiy xudo darajasiga ko‘tarila boshlangan. XX asr boshlariga kelib, Konfutsiy sharafiga qurilgan ibodatxonalar soni tobora ko‘paya bordi.

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling