Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli


Download 0.88 Mb.
bet155/171
Sana10.11.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1761244
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   171
Bog'liq
Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu Falsafa fanining predmet

2.Sunniylik mazhabi.
Sunniylik – bu islomda izchil, sobitqadam yo‘nalish hisoblanadi. Musulmonlarning juda ko‘pchilik qismi 92,5 foizi sunniylikka e’tiqod qiladi. Qolgan 7,5 foizini shialar, ibodiylar va xorijiylar tashkil qiladilar.
Sunna” arabcha odat, an’ana, xatti-harakat tarzi degan ma’nolarni bildiradi. Sunniylik degan so‘z arabcha “Sunna”, “muqaddas rivoyat”, ya’ni Muhammad payg‘ambar to‘g‘risidagi rivoyatlar va uning hadislari to‘plami degan tushunchadan olingan. YAna “Sunna” farzdan farqli ravishda bajarilishi ixtiyoriy bo‘lgan ko‘rsatmalar, amallaridir.
Sunniylar ummaviylar sulolasidan bo‘lgan xalifalarning oliy hokimiyatga bo‘lgan huquqini tan olganlar. Sunniylikda Sunna Qur’ondan keyingi asosiy muqaddas manba, hadislar to‘plami deb qaraladi. U VII asr o‘rtalarida shakllana boshlagan. Unda xalifalikdagi sinfiy munosabatlar, ijtimoiy ziddiyatlar, islom mafkurasi atrofidagi kurash o‘z ifodasini topgan. Uni to‘plash, sharhlash va nashr qilishda vatandoshlarimiz Ismoil Buxoriy, Imom at-Termiziy asosiy rol o‘ynaganlar.
Sunniylik qisman Eron, Janubiy Iroq, YAman, Markaziy Osiyo, Kavkaz, Volga bo‘yi, Sibir, O‘rol, Kichik Osiyo, Misr va SHimoliy Afrika, Indoneziya, Malayziyada keng tarqalgan. Uning muqaddas shaharlari Makka va Madinadir. Unda to‘rtta shariat maktabi – hanafiylar, molikiylar, shofi’iylar, hanbaliylar mazhablari bor.

  1. Hanafiya (Imomi A’zam) mazhabi. Bunga Abu Hanifa taxallusi Imomi A’zam-buyuk imom (699-767) asos solgan. U eng yirik huquqshunoslardan biri bo‘lib, shariat huquqini tartibga solgan, qiyosni tadbiq etgan, istihson tartib usulini (manbalar asosida chiqarish mumkin bo‘lgan xulosa yoki hukmlardan musulmonlar jamoasi uchun maqbulrog‘ini qabul qilib) ishlab chiqqan, mahalliy xalq huquq-qoidalarini odatni shariat bilan keltirib qo‘llanishni joriy etgan huquqshunoslikdan oqilona foydalanish unsurlarini kiritgan.


Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling