Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli


Download 0.88 Mb.
bet161/171
Sana10.11.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1761244
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   171
Bog'liq
Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu Falsafa fanining predmet

Karmatiy mazhabi. Karmatiylar ham ismoiliylardan ajralib chiqqan shahobchalardan biri bo‘lib, IX asr oxirida Iroqda o‘z faoliyatini boshlagandan so‘ng Suriya va YAmanga tarqalgan. Ko‘chmanchi badaviylar, dehqonlar va hunarmandlardan tashkil topgan bu mazhab islom ta’limotini Allohga va Muhammad payg‘ambarga e’tiqod qilishdan tashqari boshqa narsa va buyumlarga sig‘inishni qoralaganlar. SHu g‘oyani o‘z tarafdorlariga singdirgan qaramatiylar musulmonlar ziyoratgohi Ka’badagi Qora tosh ziyoratini, unga sig‘inishni, bid’at, butparastlik deb hisoblab, X asrning boshlarida (930 yili) haj vaqtida Makkaga bostirib kirib, bir necha ming hojilarni va Makka shahri aholisini qatl etib, asrga olganlar. SHaharni va Ka’bani vayron qilib, qora toshni ikkiga bo‘lib, o‘z davlatlari Baxraynga olib ketganlar.
Qaramatiylarning bunday harakatlarini aksariyat musulmonlar jamoasi qoralagan. Makka va SHaharni ta’mirlash ishlari amalga oshirilib 20 yildan so‘ng qora toshni qaramatiylardan katta to‘lov evaziga qaytarib olganlar.
Ja’fariy mazhabi. Bu mazhab shialik yo‘nalishidagi imomat yo‘nalishiga (ya’ni 12 imomga e’tiqod qilish) kiruvchi asosiy mazhablardan biridir. SHialikdagi 6-imom Ja’far as-Siddiqni Ismoiliylar fiqh tizimini asoschisi deb tan oladilar. Islom tarixidan ma’lumki, fiqhga oid bu tizim IX-X asrlarda bir qator ilohiyotchilar tomonidan yaratilgan. Bunda imom Ja’farning ishtiroki bor yoki yo‘qligini belgilovchi dalil qolmagan. CHunki, undan hech qanday yozma asar qolmagan. Ammo shialikdagi diniy-huquqiylikka oid ta’limot ja’fariya nomi bilan ataladi.
Ja’fariya mazhzabi o‘rta asrlarda Eronda hukmron diniy-huquq tizimini tashkil etgan. Bu mazhab hozirda ham Eron va Iroqda shialar o‘rtasida o‘z ta’sirini yo‘qotmagan.
Islom paydo bo‘lgan davrdan boshlab, uning turli mintaqalarga tarqalish jarayoni, xususan diniy ta’limotni talqin qilish bilan bog‘liq davlatni idora qilish masalalari, hokimiyatni egallash harakati hamda xalifalik davrlarda vujudga kelgan ichki ziddiyatlar natijasida islomda yo‘nalishlar va bir qancha mazhablarni shakllanishiga olib keldi. Ammo bu yo‘nalish va mazhablar qaysi mintaqalarda mavjudligidan qat’iy nazar islom manbalari bo‘lmish Qur’oni karim va hadis sharifga amal qilgan. Bunday e’tiqodga ega bo‘lgan har bir musulmon qalbida u Allohning bandasi ekanligini his qilib turgan, gunoh ishlariga qo‘l urushdan o‘zini tiygan, toat-ibodat orqali o‘z ma’naviy-axloqiy qiyofasini shakllantirishga harakat qilgan.
Islomdagi yo‘nalishlar va mazhablarning shakllanishi jarayonida vujudga kelgan diniy e’tiqod va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oid ziddiyatlar tufayli sodir bo‘lgan qurbonlar, talon-tarojlar, islomning tarixiy jarayoni bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan ularning ko‘pchiligiga o‘z ta’sir kuchini yo‘qota borgan, asosan musulmonlar tomonidan e’tirof etilgan yo‘nalishlar, mazhablar hozirgi SHarqda ham Markaziy Osiyo mintaqasida ham saqlanib qolgan. Ularning aksariyati islom ta’limotiga amal qilib, asrlar osha musulmon xalqlari hayotida ijobiy rol o‘ynab, uning ayniqsa ma’naviy-axloqiy qadriyatlari bu dinga e’tiqod qiluvchi kishi qalbiga ezgulik urug‘ini sochmoqda.



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling