Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli


Download 0.88 Mb.
bet59/171
Sana10.11.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1761244
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   171
Bog'liq
Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu Falsafa fanining predmet

D o g m a t i k a - yunoncha, o‘zgarmas, qotib qolgan, aqida degan ma’nolarni anglatadi.
Dogmastik tafakkur ham dialektik tafakkurning mukobillaridan biri bo‘lib, falsafadagi fan va adabiyotning yangi ma’lumotlarini hisobga olmay, o‘zgarmas tushunchalar va qoidalar bilan ish kuruvchi tafakkur usulidir.
Dogmatik fikr yuritish buyumlar va ularning fikrdagi in’ikoslari, ya’ni tushunchalar bir-biridan keyin va bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda tekshirilishi lozim bo‘lgan ayrim-ayrim, o‘zgarmas, qotib qolgan, hamisha bir zayilda turadigan narsalardir, deb tasavvur qilishdan iborat.
Qonun deganda nima tushuniladi? Bunga javob berishda shuni hisobga olmoq lozimki, eng umumiy shaklda qonun moddiy olamdagi turli xil narsa va xadislar, jarayonlar va voqeyalar o‘rtasidagi munosabatlar, o‘zaro aloqadorlikda demakdir. Lekin bundan qonun barcha munosabatlarni ifodalaydi, degan xulosa chiqarmaslik kerak. Masalan, muhim va muhim bo‘lmagan, tasodifiy va zaruriy, barqaror, va bekror, umumiy va xususiy munosabatlar bor. Qonun bu munosabatlarning barchasini qamray olmaydi.
.Qonun nisbiy barqaror munosabatlardan iborat, zero u muayyan xadisalarning ichki tabiatidan, uning mohiyatidan kelib chiqadigan moddiy dunyo, narsa va hodisalarning aloqalarini ifodalaydi. Qonun goh vujudga kelib, goh yo‘qolib ketadigan aloqalarga asoslanishi mumkin emas. U nisbiy barqaror munosabatlarni takozo etadi. Qonunning nisbiy borqarorligi shu bilan izoxlanadiki, u bir xil shartlarda muhim xususiyatlar sifatida tabiatdagi narsa va hodisalardagina emas, balki ijtimoiy hayotdagi voqealarda ham yaqqol ko‘zga tashlanadi. SHunday qilib, qonun ko‘p qirrali aloqalar va munosabatlarning yig‘indisi bo‘lib, narsa va hodisalarning muhim zaruriy, umumiy, nisbiy barqarorlikni ifodalaydi. Bu bilan qonunning ta’rifini etarli deyish mumkinmi? Yo‘q, mumkin emas! CHunki, birinchidan, biz qonun – bu muhim, zaruriy, umumiy, barqarorlik munosabatlar der ekanmiz, qonunda ifodalanib, uning ob’ektiv asosini tashkil qiladigan aloqalarnigina ko‘rsatib o‘tgan bo‘lamizu, ammo boshqa kategoriyalarda, jumladan sababiyat, zaruriyat, mazmun,mohiyat va boshqalarda ham ifodalanadi. SHubhasiz, yuqorida sanab o‘tilgan belgilar ham qonunning o‘ziga xos xususiyati haqida tasavvurni to‘la ochib bera olmaydi; uchinchidan, qonunga ta’rif berganda, yuqoridagi ob’ektiv aloqalar shakllarini oddiy tarzda sanab o‘tiladigan bo‘lsak, qonun bilan mazkur ob’ektiv aloqalar turlarini oydinlashtirgan bo‘lamiz. SHuning uchun qonunni ta’riflashda uning shunday xususiyatini ajratish kerakki, u mazkur kategoriyaning boshqalaridan farq qiladigan o‘ziga xos tomonini belgilashga imqon tug‘dirsin. Bu xususiyat shundan iboratki, tabiat va jamiyatdagi har qanday qonun voqealarning rivojlanish xususiyati va yo‘nalishini belgilab beradi, voqealarning oqimi kat’iy, aniq yo‘nalishda bulishini taqozo etadi. Ma’lum bir sharoitda bo‘lishiga qaramay, bir o‘rinda bir xil, ikkinchi o‘rinda boshqa xil tarzda sodir bo‘ladigan jarayonlar va voqealarni qonuniy deb bo‘lmaydi. Biz bu jarayon yoki voqea qonun kuchiga ega der ekanmiz, undagi muhim, zaruriy umumiy va barqaror munosabatlarning ifodalanishinigina emas, balki muayyan voqealar oqimini, kat’iy natijalar taqozo qilishini nazarda tutamiz.
Qonun voqealar rivojining xususiyati va yo‘nalishini bildirar ekan, u o‘zining aniqligi bilan farq qiladi. SHuning uchun qonunning pirovard oqibati kishilarning muvaffaqiyatli faoliyatining zaruriy sharti bo‘lgan har tomonlama unga muvofiq keladigan talab tarzida zoxir bo‘ladi.
Qonun – muayyan shart-sharoitlarda voqealar rivojining xususiyati va yo‘nalishini belgilaydigan, ma’lum bir katg‘iy natijani taqozo etadigan ob’ektiv dunyodagi narsa va hodisalarning muhim, zaruriy, umumiy, nisbiy barqaror munosabatlaridir. Qonun ilmiy nazariy va amaliy faoliyatda ob’ektiv o‘zaro aloqalarning barcha shaklla-rini sinchkovlik bilan hisobga olishni takazo etadi. Bu esa ularni ichida muhim, zaruriy, umumiy, barqaror aloqalarni belgilashga yordam beradi, ayni zamonda ob’ektiv qonunlarni tushunishimizga imqon beradi.
Qonun muayyan bir natijalarni tugdirib, voqealar rivojlanish xususiyatlari va yo‘nalishini belgilab berar ekan, bu narsa ilmiy va amaliy faoliyatga ob’ektiv qonunlar asosida harakat qiladigan muhim, zaruriy, umumiy va barqaror munosabatlar ko‘rsatibgina qolmay, balki kelajakda ular rivojining yo‘nalishini hisobga olish talab etadi.
Tabiat va jamiyatning har qanday qonuni ma’lum bir shart-sharoitda namoyon bular ekan, u ilmiy bilish jarayonida va amaliy faoliyatda muhim, zaruriy,umumiy va barkror aloqalar ma’lum bir natijalarni ko‘zlash mumkinligini bilishga imkon tug‘diradi.
Moddiy voqelikdagi qonunlar ko‘p qirraligi bilan tavsiflanadi. Tabiat va jamiyat qonunlari ob’ektiv jarayonlar aks ettirishga qarata farq qiladi.
Tabiat qonunlari, er yuzidagi barcha qonunlar, jamiyat qonunlari kishilarning ijtimoiy munosabatlari bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi.. YAna bir farqi shuki, jamiyat qonunlariga nisbatan tabiat qonunlari asta-sekinlik bilan o‘zgarib boradi. Ijtimoiy qonunlar esa ma’lum bir davr mobaynida amal qilib so‘ngra, o‘z o‘rnini yangi qonunlarga bo‘shatib beradi, ba’zilari o‘z kuchini yo‘qotadi. Ibtidoiy jamoa tuzumi, quldorlik, feodalizm va kapitalistik tuzumga xos qonunlar, o‘zgarishlar bunga misol bo‘lishi mumkin.

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling