Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli


Download 0.88 Mb.
bet76/171
Sana10.11.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1761244
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   171
Bog'liq
Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu Falsafa fanining predmet

Bizning davrimizda ham mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar sohalarida zo‘rovonlikka intilish, buning uchun ko‘plab yalpi qirg‘in qurollari ishlab chiqarish, harbiy ustunlikka erishish u yoki bu davlatlar tashqi siyosatining muhim yo‘nalishi bo‘lib kelmoqda.

Agar insoniyat termoyadro urushiga yo‘l qo‘ygudek bo‘lsa, jaxon miqyosida shunday xalokat yuz beradiki, uning oqibatlarini hisob-kitob qiladigan mavjudotlarning o‘zi tirik qolmaydi. 1945 yil 6 va 9 avgustda ikkita kam quvvatli atom bombasining AQSH tomonidan YAponiyaning Xirosima va Nagosaki shaharlariga tashlanganligi bunga yaqqol misol bo‘la oladi.

Sayyorada tinchlikni ta’minlash zaruriyati 130 dan ortiq rivojlanayotgan mamlakatlarda ijtimoiy jarayonlarni jadallashtirishni talab etadi. Bu davlatlar uzoq vaqt davomida G‘arb davlatlarining mustamlakasi yoki ularga boshqa vositalar bilan qaram bo‘lib kelgan edi.

Umubashariy muammolardan yana biri ochlik, qashshoqlik va savodsizlika barham berish uchun rivojlangan mamlakatlar o‘rtasidagi ziddiyatlarni oldini olishdan iborat.

Hozirgi vaqtda insoniyat, ma’naviyat sofligini saqlash, uni ma’naviy qashshoqlik va ma’naviy tanazzuldan asrash ham umumbashariy muammoga aylanib kelmoqda. Gap shundaki, zo‘ravonlik va nafrat kishilar o‘rtasidagi munosabatlarda chuqur ildiz otib, ma’naviy muhitni tobora zaharlamoqda. Buni to‘xtatib qolish va keskin kamaytirish vazifalari insoniyatning dunyo miqyosida kuch – g‘ayratlarini birlashtirishni taqozo etmoqda.

Albatta, «ekoxavf» , «ekoxalokat» nomi bilan qayd etilayotgan hodisalar u yoki bu darajada insoniyat rivojlanishining o‘tmishida ham uchragan va sivilizatsiyaning yo‘ldoshi bo‘lib kelgan. Bir tomondan, ma’naviyat rivojlanib, boyib, tobora umuminsoniy tus olib borsa, ikkinchi tomondan, turli tuman manfurlik, jinoyatchilik, giyoxvandlik, faxsh, terrorchilik, ichkilikbozlik kabi holatlar ham kuchayadi.

Ma’naviy muhitni buzayotgan sotsial illatlar orasida ichkilikbozlik va giyoxvandlik butun insoniyatni tashvishlantirayapti. Ko‘pgina mamlakatlar (masalan, Eron Islom respublikasida, O‘zbekiston, Fransiyada, AKSH va boshqa mamlakatlari)da narkotik moddalarni tarqatilganlik uchun og‘ir jazolar belgililangan. BMT darajasidda zarur tashkilotlar tuzilib, bu ijtimoiy ofatga qarshi kurash olib borilayapti. Lekin giyoxvandlik moddalarini tayyorlash va sotishdan g‘oyat katta foyda olayotgan narkomanlar bu og‘udan o‘layotganlar soni yildan – yilga oshib borayotganligiga qaramay barcha imkoniyatlardan foydalanayaptilar.


Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling