Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli


Download 0.88 Mb.
bet72/171
Sana10.11.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1761244
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   171
Bog'liq
Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu Falsafa fanining predmet

YAnglishish. Haqiqat yoyilishi va teranlashuvining barcha bosqichlarida uning doimiy va zaruriy hamrohi yanglishishdir. Haqiqat nima va uni yanglishishlardan (Bekon ta’biri bilan aytganda, «tafakkur butlari»dan) qanday qilib xalos etish mumkin, degan savollar odamlarni (faqat fan sohasidagina emas) doim qiziqtirib kelgan. Haqiqat va yanglishish kategoriyalari bilish nazariyasidagi yagona bilish jarayonining ikki qarama-qarshi, lekin bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan ikki tomonini ifodalovchi asosiy kategoriyalardir. Bu tomonlarning har biri o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, ularni quyida ko‘rib chiqamiz.
YAnglishish – o‘z predmeti bilan mushtarak bo‘lmagan, unga mos kelmaydigan bilim. Bilimning noto‘g‘ri shakli bo‘lgan yanglishishning bosh manbai ijtimoiy-tarixiy amaliyot va bilishning cheklanganligi, norasoligi yoki zaifligidir. YAnglishish o‘z mohiyatiga ko‘ra borliqning ayrim jihatlarini bilish natijalarining mutlaqlashtirilishi natijasi sifatida yuzaga keluvchi borliqning noto‘g‘ri in’ikosidir. Masalan, «nazariy astrologiya», garchi unda haqiqatning ayrim unsurlari mavjud bo‘lsa-da, umuman olganda yanglishish hisoblanadi. Xuddi shuningdek ilmiy astronomiyada ham yanglishishlar mavjud, lekin umuman olganda bu kuzatishlar jarayonida o‘z tasdig‘ini topgan haqiqiy bilim tizimidir.
YAnglishishlar haqiqatning tagiga etishni qiyinlashtiradi, biroq ular muqarrardir, bilishning haqiqat sari harakatining zaruriy unsuri, mazkur jarayonning mumkin bo‘lgan shakllaridan biridir. Masalan, moddalar haqidagi fan – kimyoning shakllanishi «ulkan yanglishish» - alximiya shaklida yuz bergan.
YAnglishishlar o‘z shakllariga ko‘ra rang-barangdir. Ilmiy va noilmiy, empirik va nazariy, diniy va falsafiy yanglishishlarni farqlash lozim. Xususan, falsafiy yanglishishlar orasida empirizm, ratsionalizm, sofistika, eklektika, dogmatizm va relyativizm mavjud.
YAnglishishni yolg‘ondan – haqiqatni g‘arazli maqsadlarda ataylab buzib ko‘rsatish va bu bilan bog‘liq bo‘lgan soxta bilim berish, dezinformatsiyadan farqlash lozim. YAnglishish bilim xususiyati bo‘lsa, xato – individning inson faoliyati muayyan jabhasidagi noto‘g‘ri harakatlari natijasidir: hisoblashdagi, siyosatdagi, turmushdagi xatolar va h.k. Mantiqiy xatolar – (formal yoki dialektik) mantiq prinsiplari va qoidalarini buzish va predmetni, ishlarning asl holatini bilmaslik bilan belgilanuvchi haqiqiy xatolar farqlanadi.
Xulosalar. Haqiqat bilishning mezonidir. Inson amaliy faoliyati haqiqatni aniqlashga yo‘naltirilgan. Biroq haqiqat yolg‘on bilan yonma-yon turadi. YOlg‘on inson hayotining tarkibiy qismi sifatida amal qiladi.
Amaliyot va bilishning rivojlanishi u yoki bu yanglishishlar ertami, kechmi bartaraf etilishi: yo sahnadan tushishi (masalan, «abadiy dvigatel» haqidagi ta’limot kabi), yo haqiqiy bilimga aylanishi (alximiyaning kimyoga aylanishi)ni ko‘rsatadi. YAnglishishlarni yuzaga keltirgan ijtimoiy sharoitlarni o‘zgartirish va takomillashtirish, ijtimoiy-tarixiy amaliyotning etukligi, bilimning rivojlanishi va teranlashuvi yanglishishlarni bartaraf etishning muhim omillaridir. Bu esa borliqqa nisbatan apologetik (himoyalovchi-oqlovchi) yondashuvni emas, balki konstruktiv-tanqidiy yondashuvni, «sinovlar va xatolar» metodini amalga oshirishni (Popper) taqozo etadi.


Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling