Falsafa fanidan yakuniy nazorat savollari


Borliqning qanday shakllari mavjud


Download 36 Kb.
bet5/15
Sana14.02.2023
Hajmi36 Kb.
#1197724
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Falsafa javoblar

Borliqning qanday shakllari mavjud.

Borliq shakllari. Inson barcha jonli narsalar jonsiz narsalardan butunlay farq qilishiga qadimdayoq e’tibor bergan, lekin buni ancha keyin tushunib tgan. Jonli narsalar dunyosida inson alohida o’rin egallaydi. U barcha jonli narsalardan butunlay farq qiladi. Insonning bu asosiy farqi uning ongida,ideal obrazlar bilan ish ko’rish, ya’ni mavhum fikrlash va o’zini fikrlovchi jonzot sifatida anglash qobiliyatida namoyon bo’ladi. SHunday qilib, borliqning umumiy manzarasini yaratish zaminidan notirik tabiat o’rin oladigan o’ziga xospiramida hosil bo’ladi. Borliqning shakllari notirik tabiat, tirik tabiat, ijtimoiy borliq va inson borlig’i kabilardir. So’nggi yillarda virtual borliq shakli haqida fikr yuritilmoqda



  1. Falsafaning asosiy qonunlari.

Falsafa qonunlari tabiat va jamiyatda insonning ongiga bog’liq bo’lmagan holda mavjud bo’lgan biri ikkinchisini taqozo qiluvchi qonunlardir. Falsafa qonunlari tizimida dialektik ziddiyatlilik qonuni markaziy o’rinni egallaydi.
Qarama-qarshiliklar birligi qonuni. Qarama-qarshilik – narsalar va hodisa lardagi bir-birini taqozo qiluvchi va bir-birini istisno etuvchi tomonlar, xossalar, tendensiyalar, jarayonlarni aks ettiruvchi falsafiy kategoriya (assimilyasiya – dissimilyasiya, o’zgaruvchanlik – tug’malik, ishlab chiqarish – iste’mol qilish, yaxshilik – yomonlik va sh.k.).
Dialektik ziddiyat – bir-birini istisno etuvchi qarama-qarshiliklarning bilvosita birligidir. Qarama-qarshiliklar – ziddiyatlarning negizi, bog’lovchi bo’g’inlar esa – ularni echish mexanizmidir
Tafovut – avvalgi holatdan saqlanib qolgan xossalar ustunlik qilgani holda, ayni bir predmet xossalarining mos kelmasligidir. «Tafovut» – har xillik, o’z-o’ziga, boshqa narsalar, hodisalar, jihatlarga mos kelmaslik munosabati. Tafovut kuchli yoki ahamiyatsiz bo’lishi mumkin
Ayniyat – predmet umumiy belgilarning muayyan davrda o’z-o’ziga mosligi. Predmetning rivojlanishi va ziddiyatlarning echilishi bir necha bosqichdan o’tadi. Dastlabki bosqich – predmetning o’z-o’zi bilan nisbiy ayniylik holati. Tabiatda mutlaq ayniyat mavjud emas. Masalan, har bir organizm hatto oqsil molekulasining tuzilishi darajasida ham o’ziga xos belgilarga egadir. Har qanday predmet hech qachon o’z-o’zi bilan ayniy bo’lmaydi.




  1. Download 36 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling