Falsafa fanidan yakuniy nazorat savollari


IX-XII asrlarda markaziy Osiyo hududida falsafiy fikrlarning shakllanishi. Sharq renessansi


Download 36 Kb.
bet4/15
Sana14.02.2023
Hajmi36 Kb.
#1197724
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Falsafa javoblar

IX-XII asrlarda markaziy Osiyo hududida falsafiy fikrlarning shakllanishi. Sharq renessansi.




  1. Ontologiya qanday ta’limot?

Ontologiya falsafiy bilimlarning alohida sohasi bo’lib, unda borliq va yo’qlik, mavjudlik va nomavjudlik muammolariga doir masalalarning keng doirasi o’rganiladi, shuningdek, mavjudlik sifatiga ega bo’lgan barcha narsalarning mohiyati aniqlanadi. «Ontologiya» atamasi falsafada faqat XVII asrdan beri ishlatiladi, lekin u yunoncha o’zaklarga ega bo’lib («ontos» –«borliq», «logos» – «so’z», «ta’limot»), borliq haqidagi ta’limot degan ma’noni anglatadi.Ontologiya falsafada alohida o’rin egallaydi. Ikki yarim ming yillik faol falsafiy izlanishlar natijasida falsafiy bilim tizimida ontologiyadan tashqari falsafaning muhim falsafiy mazmun kasb etadigan gnoseologiya, aksiologiya, ijtimoiy falsafa, axloq, estetika, mantiq kabi tarkibiy qismlari paydo bo’ldi. Lekin ularning barchasi zamirida ontologiya yotadi. O’z navbatida, ontologiya har qanday falsafiy dunyoqarashning negizi hisoblanadi va shu tariqa o’z tarkibiga kirmaydigan boshqa falsafiy muammolar talqinini ko’p jihatdan belgilaydi.



  1. Borliq tushunchasi nimani ifodalaydi.

Borliq tushunchasi va uning mohiyati. Biz dunyo, materiya tuzilishi, makon,vaqt, harakat, hayot, ong va shu kabilar haqida tasavvur hosil qilish uchun asosan fizika, astronomiya va biologiya kabi tabiatshunoslik fanlariga murojaat etamiz. Lekin bu falsafada borliq muammolari o’rganilmaydi, degan ma’noni anglatmaydi.O’quv kurslarida asosiy falsafiy muammolarni o’rganish odatda ontologiyadan boshlanadi.



  1. Harakat va uning asosiy shakllari.

Harakat shakllari. Harakat shakllarini tasniflashda qaysi tamoyillarga rioya qilinishiga qarab bunday shakllarning har xil miqdori farqlanadi. Masalan, XIX asrda materiya tashkil topishining turli darajalariga asoslanib,materiya harakatining besh asosiy shakli: mexanik, fizik, kimyoviy, biologik va ijtimoiy harakat qayd etilgan. Harakatning mazkur shakllari bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lib, bunda har bir keyingi harakat o’zidan oldingi harakatdan kelib chiqadi, unga asoslanadi, biroq, shunga qaramay, quyi shakl bilan bog’lanmaydi. Harakatning murakkab shakllarini soddaroq shakllarga bunday bog’lashga urinishlar falsafa tarixida «mexanitsizm», «reduksionizm» (lot. «reductio» – «ortga surish») degan nom olgan, harakat ijtimoiy shakllarini biologik shakllar darajasigacha soddalashtirish biologizatorlik konsepsiyalarida mavjud.




  1. Download 36 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling