Falsafa fanidan yakuniy nazorat savollari


Diniy bag‘rikenglik tushunchasi


Download 36 Kb.
bet14/15
Sana14.02.2023
Hajmi36 Kb.
#1197724
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Falsafa javoblar

Diniy bag‘rikenglik tushunchasi.



  1. Buddaviylik dini oqimlari.

. Miloddan avvalgi 18 asrda Hindistonda buddaviylik dini vujudga kelgan. Braxmanlik bilan buddaviylik o’rtasida kasta ta’limoti bo’yicha kurashni ifodalovchi hinduiylik dini shakllandi. Bu dinga Hindiston aholisining 83%i e’tiqod qilib uning asosiy sharti Hindistondagi kasta tuzumini qabul qilishdir. Hinduiylikda besh qoida va aqida tan olingan. 1. vedalarning muqaddasligi; 2. guru (pir, ustoz) ning tan olinishi; 3. muqaddas joylarga ziyoratga borish; 4. sanskrit muqaddas til ekanligi; 5. sigirning muqaddas ekanligi tan olingan. Hinduiylikda braxmanlar asosiy o’rin egallab, kengroq «Maxobxarat» muqaddas yozuvlar qatoriga qo’shilgan. Braxmanlar eski aqidalar zamon talabiga javob bermasligini ko’rgach, yangi qonun -qoidalarga xos turli oqimlarni yuzaga keltirib,buddaviylikka qarshi kurash olib bordilar. Hinduiylik braxmanlikdan farq qilib unda «Maxobxarata» va boshqa she’riy matnlar sanskrit tilidan zamonaviy hind tiliga tarjima qilinib, asl matni bilan bir xil hisoblangan. Hinduiylikda braxmanlar nafaqat oliy tabaqa vakillaridan, balki oddiy xalq ichidan yoki ayollardan bo’lishi mumkin.




  1. Xristianlik dinini paydo bo’lishi, talimoti, muqaddas manbalari.

Xristianlik milodning boshida Rim imperiyasining sharqiy qismida Falastin yerlarida vujudga keldi. Iso Masih (Iisus Xristos), Bibliyaning xabar berishiga ko’ra, xristianlik ta’limotining asoschisi bo’lib, u Rim imperiyasi tashkil topganining 747 yili Falastinning Nazaret qishlog’ida bokira qiz Maryamdan Xudoning amri bilan dunyoga keldi. Yangi eraning boshlanishi ham Iso Masihning dunyoga kelishi bilan bog’liq. Xuddi shu davrda yahudiylar o’rtasida kutilayotgan xaloskorning kelishi yaqinlashib qolganligi haqida xabar tarqatuvchilar paydo bo’ldi. Ular xalqni kutilayotgan xaloskor kelishiga tayyorlash uchun chiqqan edilar. SHunda Iso Masih yahudiylikni isloh qilish va uni turli xurofotlardan tozalash g’oyasi bilan chiqib, xristian diniga asos soldi. Yahudiylar uni va uning izdoshlarini Falastindan quvg’in qildilar. Isoning 33 yoshida fitnachilikda ayblab qatl etishga hukm qildilar. Diniy bo’lmagan manbalarda Isoning nomi uchramaganligini nazarda tutib, u tarixiy emas, balki afsonaviy shaxsdir deguvchilar ham bor. Iso nomiga qo’shiluvchi Masih so’zi qadimiy yahudiy tili - ivritdagi «moshiax» so’zidan olingan bo’lib, «silangan» yoki «siylangan» ma’nolarini beradi. Grekchada bu so’z «xristos» («christos») shakliga ega. Bu dinning «xristianlik» yoki «masihiylik» deb atalishi ham shu so’zlar bilan bog’liq. Manbalarning xabar berishicha, xristianlik yahudiy muhitida yuzaga kelgan. Bu esa xristianlikning yahudiylikdan ko’p jihatdan ta’sirlanishiga sabab bo’ldi. Xristianlikning asosiy g’oyasi - Isoning odamzodning xaloskori «messiya» ekanligi yahudiylikda mavjud bo’lib, oxiratga yaqin kelishi kutilayotgan xaloskor haqidagi ta’limotdan kelib chiqqandir. Xristianlik ota-xudo, o’g’il-xudo va muqaddas ruh - uch yuzlik xudo to’g’risidagi ta’limotni, jannat va do’zax, oxirat, Isoning qaytishi haqidagi va boshqa aqidalarni o’z ichiga oladi. Xristian jamoasining shakllanishi, uning aqidalarini tartibga solinishi, cherkov munosabatlarining ishlab chiqilishi, diniy tabaqalar tuzumining vujudga kelishi milodning IV asri boshlarida 324 yili xristianlik Rim imperiyasida davlat dini deb e’lon qilinganidan so’ng amalga oshdi. 325 yili tarixda birinchi marta Rim imperatori Litsiniya Nikeya shahrida I ButunOlam Xristian Soborini chaqirdi. Unda pasxani bayram qilish vaqti belgilangan, 381 yili Konstantinopolda II Butun Olam Xristian Sobori bo’lib o’tdi. II Jahon sobori troitsa haqidagi qoidani ishlab chiqqan va «e’tiqod timsoli»ni qonunlashtirgan. Konstantinopolь patriarxi Rim patriarxi kabi barcha boshqa yepiskoplarga nisbatan imtiyozlarga ega degan qoidani kiritgan. Bu soborda qabul qilingan «e’tiqod timsoli» 12 qismda ifodalandi.  Birinchi qismda olamni yaratgan Xudo haqida;  Ikkinchi qismda nasroniylikda Xudoning o’g’li hisoblangan Iisus Xristosga imon keltirish haqida;  Uchinchi qismda ilohiy mujassamlashuv haqida so’z yuritilib, unga ko’ra, Iso Xudo bo’la turib, bokira Bibi Maryamdan tug’ilgan va inson qiyofasiga kirganligi haqida;  To’rtinchi qismda Isoning azob-uqubatlari va o’limi haqida so’z ketadi. Bu gunohlarning kechirilishi haqidagi aqidadir. Bunda Isoning tortgan azoblari va o’limi tufayli Xudo tomonidan insoniyatning barcha gunohlari kechiriladi deb e’tiqod qilinishi haqida;  Beshinchi qismda Isoning xochga mixlanganidan so’ng uch kun o’tib qayta tirilganligi haqida;  Oltinchi qismda Isoning meroji haqida;  Ettinchi qismda Isoning nuzuli (ikkinchi marotaba yerga qaytishi) haqida;  Sakkizinchi qism Muqaddas Ruhga imon keltirmoq borasida;  To’qqizinchi qism cherkovga munosabat haqida;  O’ninchi qismda cho’qintirishning gunohlardan forig’ qilishi haqida;  O’n birinchi qism o’lganlarning ommaviy tirilishi haqida;  O’n ikkinchi qismda abadiy hayot haqida so’z yuritiladi. Xristianlikning bundan keyingi falsafiy va nazariy rivojida avliyo Avgustinning ta’limoti katta ahamiyat kasb etdi. Beshinchi asr bo’sag’asida u dinning bilimdan afzal ekanligini targ’ib qila boshladi. Uning ta’limotiga ko’ra, borliq inson aqli bilishga ojizlik qiladigan hodisadir, chunki uning ortida ulug’ va qudratli Yaratuvchining irodasi yashiringan



  1. Download 36 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling