Falsafa fanidan yakuniy nazorat savollari


Diniy ong, diniy munosabat


Download 36 Kb.
bet10/15
Sana14.02.2023
Hajmi36 Kb.
#1197724
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Falsafa javoblar

Diniy ong, diniy munosabat.



  1. Islom dini paydo bo’lishi.


ISLOM (arab.-bo’ysunish, itoat etish, o’zini Alloh irodasiga topshirish)-jahonda uch din (buddaviylik, xristianlik bilan bir qatorda)dan biri. Islom diniga e’tiqod qiluvchilar arabcha “muslim” deb ataladi. Islom tarixida bu din kelmasidan avvalgi davr johiliya yoki johiliyat davri deb yuritiladi. “Johiliya” so’zi adabiy arab tilida “bilmaslik”, ya’ni “yagona xudo-Allohni tanimaslik” ma’nolarini beradi. Bu so’z islom olimlari tomonidan islomdan avvalgi davrga nisbatan ishlatiladi. Ba’zi tadqiqotchilar johiliya davri 100-200 yil davom etgan degan fikrni bildiradilar. Ammo ushbu davrni aniqlash, yozma adabiyotning ozligi sabab mushkul. Johiliya so’zi arab tilida johillik, bilimsizlik, nodonlik ma’nolarini beradi. Bu so’z Arabistonning islomdan oldingi davriga nisbatan ishlatiladi. CHunki bu davrda arablar orasida al-Vasaniyya - ko’pxudolik hukm surib, ular yakkaxudolik e’tiqodidan bexabar edilar. Bundan tashqari xalq orasida qizlarni tiriklayin ko’mish, mayxo’rlik va boshqa axloqiy buzuqliklar keng yoyilgan edi. Islom dini kelganidan keyin bunday johilona odatlarga chek qo’yildi va undan oldingi davr «johiliya davri» deb atala boshlandi. Ba’zi tadqiqotchilar johiliya davri yuz ellik - ikki yuz yil davom etgan degan fikrni bildiradilar. Biroq ushbu davrning qancha muddat davom etganligini aniqlash juda mushkul. Arabiston aholisi yurtlarining jug’rofiy joylashuvi jihatidan ikki qismga bo’linadi: O’troq arablar – Yaman, Hadramavt va Ummon kabi janubdagi unumdor mintaqalarda joylashgan bo’lib, ularni janub arablari ham deyiladi. Ko’chmanchi arablar – Najd, Hijoz kabi markaziy va shimoliy hududlarning aholisi bo’lib, shimol arablari ham deb yuritiladi Arablarda nasablar tarixi bilan maxsus shug’ullanadigan tarixchilar bo’lib, ular arablarning kelib chiqishini Ibrohim payg’ambar o’g’li Ismoil (a.s.)ga olib borib bog’laydilar. Ularning Ismoil haqidagi rivoyatlari Tavrotda u haqda bayon qilingan rivoyatlarga o’xshab ketadi. Arabistonda har xil xudolarning timsoli - sanamlar qachon paydo bo’lganligi haqida muayyan tarixiy ma’lumotlar yo’q. Biroq, ba’zi tarixchilarning xabar berishlariga qaraganda, Arabistonga birinchi bo’lib sanam keltirgan va unga ibodat qilishni tarqatgan shaxs Amr ibn Luhay ismli kishi edi. U SHomga tijorat maqsadida tez-tez safar qilib turar edi. SHomda esa butparaslik, turli sanamlarga sig’inish odatlari avvalroq shakllangan edi. Arabistonning turli yerlarida muayyan sanamlarning qarorgohi mavjud bo’lib, ular ziyoratgohlar sifatida ma’lum edi. Makka Arabistonning diniy markaziga aylangach, u yerdagi Ka’ba sanamlar to’plangan joyga aylanib qoldi. Islom arafasida arablar orasida butparastlik shunchalik avjida ediki, hatto har xonadonning o’z sanami bor edi, deyish mumkin. Safarga otlangan kishi bunday sanamni qo’li bilan ishqab, so’ng yo’lga tushardi, safardan qaytgach esa, birinchi navbatda u yana sanamini silab-siypardi. Ibn al-Kalbiyning arab ko’pxudoligiga bag’ishlangan «Kitob al-asnom» asarida tilga olingan datlabki 5 sanamning nomi (Vadd, Suvo‘, Yog’us, Yo‘uq, Nasr) Qur’onda ham zikr qilingan (Nuh, 22-23-oyatlar). Ularning tasviri ko’pchilikka ma’lum edi. Vadd – erkak kishi, Suvo‘ – ayol kishi, Yog’us – sher, Yo‘uq - ot va Nasr – burgut qiyofasida ifodalanar edi. Qur’onda zikr qilingan eng qadimgi sanamlar jumlasiga Manot, Allot va ‘Uzza ham kiradi. Johiliya arablarining tasavvurida bu uchchala sanam ham ayol xudolar bo’lgan.



  1. Download 36 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling