Falsafa fanidan yakuniy nazorat savollari
Download 36 Kb.
|
Falsafa javoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tаsavvuf tushinchasini mazmuni moxiyati tarixi va asosiy g’oyalari.
Islom dini asoslari.
Islom dini ta’limoti va falsafasi. Islom dini ta’limotiga ko’ra, din Alloh tomonidan o’z payg’ambarlari orqali bashariyat olamiga joriy etilajagi zarur bo’lgan ilohiy qonunlardir. Tabiat va insonni yaratgan, Ayni vaqtda, insonga to’g’ri, haqiqiy hayot yo’lini ko’rsatadigan va o’rgatadigan ilohiy qudratga ishonchni ifoda etadigan ta’limotdir. Din-ijtimoiy tarixiy xodisa, kishilik jamiyati taraqqiyotining muayyan bosqichida paydo bo’lgan ijtimoiy ong shakllaridan biridir, umuminsoniy qadriyatdir degan yondashuvga ko’ra, u muayyan ta’limotlar, his-tuyg’ular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatida namoyon bo’ladigan olam, hayot yaratilishining tasavvur qilishning alohida usulidir. Dinning mohiyati turlicha izohlansada, uning asosida ishonch, e’tiqod tuyg’usi yotadi. Insoniyat tarixida din turli shakllarda namoyon bo’lgan Islom so’zi arabcha «Allohga o’zini topshirish», «itoat etish», «taslim bo’lish», «bo’ysunish» ma’nolarini beradi. Islomning asosiy manbasi bo’lmish Qur’oni karim VII asrda nozil bo’lgan bo’lsa-da, Islom ta’limotiga ko’ra, bu din, yer yuzida insoniyat paydo bo’libdiki, butun bashariyatga nozil qilingan. Muhammad (a.s.) avvalgi payg’ambarlar ishini davom ettirgan, ular dinini qayta tiklagan, qiyomat oldidan yuborilgan oxirgi payg’ambar – Nabiy va Rasul deb tan olinadi Tаsavvuf tushinchasini mazmuni moxiyati tarixi va asosiy g’oyalari. Tasavvuf va uning tariqatlari. Tasavvuf falsafiy oqim va diniy-ma’naviy hodisa sifatida islom dini doirasida (ko’pgina ichki sabablar va ba’zi tashqi unsurlar — buddaviylik va hindiylikning ilk diniy tasavvurlari, sharqiy xristian tarkidunyochiligi, neoplatonizm kabilarning ta’siri ostida) paydo bo’ldi. Tasavvuf uchun vahdoniyat — Ollohning birligi, Olloh va olamning porlab turishi, fano bo’lish, orif shaxsining tangri taolo bilan ruhan birlashib ketishi kabi mushohadalar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu oqim namoyandalari va tarafdorlarini so’fiylar, deb ataganlar va «so’fizm» atamasi shundan paydo bo’lgan. Ilk so’fiylar aholining kambag’al toifasi orasida shakllangan. Ularning qarashlari istilochilar zulmi, adolatsizlik, ijtimoiy tengsizlikka qarshi norozilik belgisi sifatida ham yuzaga kelgan. Download 36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling