Falsafa fanining predmeti. Falsafaning fan sifatidagi xususiyatlari
- mavzu "Borliq" haqida tushuncha
Download 41.03 Kb.
|
Falsafa fanining oraliq javoblari
4- mavzu "Borliq" haqida tushuncha
Falsafa fanining borliq haqidagi masalalarni o‘rganuvchi qismi ontologiya deb ataladi. Ontologiya so‘zi Yunoncha ontos (mavjudlik) va logos (ta’limot) so‘zlarining birikmasidan tashkil topgan bo‘lib, «mavjudlik haqidagi ta’limot», ya’ni borliq haqidagi fan ma’nosini ifodalaydi. Bu atama fan tarixida birinchi bor 1513 yil R.Gokleniusning «Falsafa lug‘ati»da, so‘ngra, X.Volf (1679 -1754) ning falsafaga oid darsligida qo‘llanilgan bo‘lsada, ulardan ilgari qadimgi Yunon faylasuflari ham ontologiyaning mazmunini ifodalovchi turli fikrlarni ilgari surishgan. Ular ontologiyani «haqiqiy borliqni nohaqiqiy borliqdan ajratib oluvchi borliq haqidagi ta’limotdir» deb hisoblashgan.Qadimgi Yunon faylasufi Suqrot borliqni bilim bilan qiyoslaydi va uningcha, biror narsa, biz uni bilsakkina bor bo‘ladi, insonning bilimi qancha keng bo‘lsa, u shuncha keng borliqni qamrab oladi, deb hisoblaydi. Qadimgi dunyoning atomist olimi Demokrit borliq atomlar majmuasidan iborat deb tushuntirgan. Uning fikricha, borliqning mohiyati uning mavjudligidadir. Mavjud bo‘lmagan narsa yo‘qlikdir. Islom ta’limotida esa borliq bu ilohiy voqelikdir. YA’ni u Olloh yaratgan mavjudlikdir. Bu borada vahdati vujud va vahdati mavjud ta’limotlari bo‘lgan. Islom diniga mansub mutafakkirlar borliq haqidagi ta’limotni har taraflama rivojlantirganlar. Masalan, Forobiy fikricha, ilk borliq azaliy Ollohning o‘zidir. Kindiy, Umar Hayyom, Ibn Rushd kabilar borliqni ikkiga – vujudi mumkin va vujudi vojibga bo‘ladilar. Ularning falsafasida borliqning bosh sababchisi Alloh (vujudi vojib)dir. Forobiy esa borliq muammosini hal qilishda “vujudi vojib” va “vujudi mumkin”ning o‘zaro nisbatiga murojaat qiladi. Borliq 6 bosqichdan iborat deydi: 1)Alloh 2)samoviy jismlar borlig'i 3)faol aql 4)ro'x 5)shal 6)modda. Uning fikricha “vujudi vojib” barcha mavjud yoki paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan narsalarning birinchi sababi. Ibn Sino fikricha ham borliqning asosi “vujudi vojib” ya’ni Allohdir. Vujudi vojib bu birinchi mohiyat. Uning mavjudligi sababini boshqa narsalardan qidirish noo‘rin. Chunki birinchi sabab uning natijasi bo‘lgan xilma xil jarayonlarning mohiyatiga bog‘liq bo‘la olmaydi. Zero vujudi vojibning mavjudligi uning o‘ziga bog‘liq. Download 41.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling