Falsafa fanining predmeti. Falsafaning fan sifatidagi xususiyatlari
-mavzu: Gnoseologiya -bilish nazariyasi
Download 41.03 Kb.
|
Falsafa fanining oraliq javoblari
14-mavzu: Gnoseologiya -bilish nazariyasi
GNOSEOLOGIYANING MOHIYATI VA MAZMUNI. «Gnoseologiya» - sof falsafiy kategoriya. Uning nomi yunoncha gnosis – bilim, ilm va logos – ta’limot, fan so‘zlaridan kelib chiqqan. So‘zma-so‘z ma’nosi - «bilish haqidagi ta’limot (fan)», «ong haqidagi ta’limot (fan)». Falsafiy adabiyotlarda, Shu jumladan falsafiy qomuslar va lug‘atlarda «gnoseologiya» atamasi «bilish nazariyasi» deb tarjima qilingan. GNOSEOLOGIYADA QUYIDAGILAR O‘RGANILADI: 1. insonning dunyoni bilish imkoniyati; 2. insonning o‘zlikni anglash jarayoni; 3. bilishning bilmaslikdan bilim sari yuksalishi, 4. bilimlar tabiati va ularning mazkur bilimlarda aks etuvchi narsalar bilan o‘zaro nisbati o‘rganiladi. Shunday qilib, umuman olganda, gnoseologiya ong, bilish, bilimni o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Optimistlar dunyoni bilish mumkinligini ta’kidlaydilar, agnostiklar, aksincha, buni rad etadilar (I.Kant – «narsa o‘zida»). Skeptiklar dunyoni bilish mumkinligini inkor etmaydilar biroq bilimning haqiqiyligiga shubha bildiradilar. Bilimga chanqoq bo‘lgan, bilishga harakat qilayotgan odam optimist: «Men buning nimaligini bilmayman, biroq bilishga umid qilaman», deydi. Agnostik esa, «Men buning nimaligini bilmayman va hech qachon bila olmayman», deb ta’kidlaydi. Yuzaki skeptitsizm, ko‘r-ko‘rona fanatizm kabi, dunyoqarashi tor odamlarda ko‘p uchraydi. F.Laroshfuko ta’biri bilan aytganda, kaltabin odamlar odatda o‘z dunyoqarashi doirasidan chetga chiqadigan hamma narsani qoralaydi. Biroq oqilona darajadagi skeptitsizm foydali va hatto zarur. 15- Savol. Estetika 16 savol Ong Ong- psixik faoliyatning oliy shakli. U faqat insonga xos fenomendir.Ong, uning mohiyati masalasi eng qadimgi muammolardan biri.Ongni dastlab diniy va mifologik qarashlar doirasida tushintirishga harakat qildilar. Ongni liniy tushuntirish uni iloxiy xodisa, xudo yaratgan mo’jiza sifatida talqin qilishga asoslanadi.Ko’pgina dinlarda inson Ongi buyuk ilohiy aqlning namoyon bo’lish shakli sifatida tavsiflanadi.Falsafada ong muammosi in’ikos nazariyasiga asoslanadi. Ong va tafakkur paydo bo’lish jarayonini tushunish uchun in’ikos prinspini ya’ni borliqning inson miyasida paydo bo’lish jarayonini bilish lozim. Falsafada ong muammosi in’ikos nazariyasiga asoslanadi. Ong va tafakkur paydo bo’lish jarayonini tushunish uchun in’ikos prinspini ya’ni borliqning inson miyasida paydo bo’lish jarayonini bilish lozim. Xulosa qilib aytsak,Inson zoti ongli mavjudot sifatida o’z oldiga maqsadlar qo’yadi va unga erishish yo’llarini izlaydi va ong va tafakkur tufayli inson o’zining tabiatda va jamiyatda tutgan o’rniga baho beradi. O’zi uchun zaruriy shart-sharoitlarni ijodiy ravishda yangilab boradi. Download 41.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling