Falsafa fanining predmeti. Falsafaning fan sifatidagi xususiyatlari
Download 41.03 Kb.
|
Falsafa fanining oraliq javoblari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10-Savol. Falsafaning asosiy qonunlari.
9-savol. Konfutsiy taʼlimoti
Xitoy falsafiy tizimlari asosan sotsiotsentrik konsepsiyalardan iborat bo‘lib, ularda inson, odatda, jamiyat, sotsium bilan uzviy bog‘liq deb qaraladi. «Ideal munosabatlar qonuni»ga odamlar o‘rtasida, oila, jamiyat, davlatda rioya qilish inson hayotining muhim ma’nosi hisoblanadi; bunga jamiyatda qabul qilingan me’yorlar, qoidalar, rasmrusumlar va Shu kabilarga izzat-ikrom bilan yondashish imkoniyat yaratadi. Boshqacha aytganda, inson o‘z shaxsiy hayotini doim jamiyat ravnaqi, kamoloti bilan o‘lchashi lozim, xususan, u keyinchalik oila va davlatni takomillashtirishga harakat qilish uchun o‘zini kamol toptirishi lozim. Shu ma’noda mashhur qadimgi xitoy faylasufi Konfutsiy (mil. av. 551-479 yillar)ning fikrlari diqqatga sazovor bo‘lib, u shunday deb saboq beradi: «qilmishlarning asoslari va tamoyillarini o‘rgansang, yaxshilik va yomonlik haqidagi fikrlaring (axloqiy bilimlar) barkamollikning eng so‘nggi darajasiga etadi. Niyatlar sof va xolis bo‘lsa, qalb rostgo‘y va samimiy bo‘ladi. qalb rostgo‘y va samimiy bo‘lsa, inson to‘g‘ri yo‘lga kiradi, kamol topadi. Inson to‘g‘ri yo‘lga kirsa va kamol topsa, oilada tartib o‘rnatiladi. Oilada tartib hukm sursa, xalqlarni boshqarish osonlashadi. Xalqlarni boshqarish osonlashsa, butun dunyo tinch-totuv yashaydi» Konfutsiy – qadimgi Xitoy faylasufi (551-479) yashab ijod qilgan. Uning «Hikmatlari», ya’ni aforizmlari hozirgi kungacha juda mashhur hisoblanadi.. Konfutsiy ta’limotida umuminsoniy qadriyatlarning xitoy xalqi turmush tarzida o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘lishi, bu xalqqa xos ma’naviy mezonlar aks etgan. Konfutsiyning ta’kidlashicha, shaxs faqat o‘zi uchun emas balki jamiyat uchun ham yashashi kerak. 10-Savol. Falsafaning asosiy qonunlari. Falsafa nimaligi, u nima bilan shug'ullanishi va qanday vazifalarni hal qilishi haqida mustaqil tarzda, maxsus bilimlarsiz aniq tasavvur hosil qilish oson ish emas. Hatto falsafa sohasida professional ish olib boruvchilar orasida ham qo'yilgan savollarga javoblarda yakdillik mavjud emas. Kimdir falsafani fan deb, kimdir – aql o'yini deb hisoblaydi, ayrimlar esa, bu fikrlarga qo'shilmay, odamlar dunyoqarashi, ruhiy holati, aqli, shaxsiy tajribasi va shu kabilarning turli shakllariga e'tiborni qaratib, boshqacha ta'riflar beradi. Kimdir falsafada maqsadni, kimdir vositani, inson o'z-o'zini va o'zini qurshagan dunyoni oqilona, irratsional yoki intuitiv anglab yetish usulini ko'radi. Bunda har kim u har bir inson uchun olamshumul ahamiyatga ega bo'lgan savollarga qanday javob berishiga qarab o'z mulohazalar mantig'ini tuzadi. Turli odamlar ushbu masalalar yuzasidan bir fikrga kela olmagani va kelishi mumkin ham emasligi nima uchun falsafa o'z mavjudligining ikki yarim ming yili mobaynida ko'pgina olamshumul muammolarning uzil-kesil va shakshubhasiz yechimlarini topmagan, boqiy falsafiy muammolar xususida bir to'xtamga kelmagan, degan fikr savolga qisman javob bo'ladi. • Inson nima va uning mohiyati nimada? • Xudo bormi? • Materiya, ong nima va ularning o'zaro nisbati qanday? • Haqiqatni qanday tushunish mumkin va uning mezonlari qanday? • Jon nima? • Nihoyat, erkinlik, tenglik, adolat, nafrat, muhabbat nimani anglatadi? Kabi savollar insoniyat taraqqiyotining barcha davrlarida takrorlanib kelingan. Biroq, falsafa tushunchasining umumiy e'tirof etilgan ta'rifi mavjud emasligiga, shuningdek uning predmeti, mohiyati, maqsad, vazifalarini tushunishga nisbatan yondashuvlar, nuqtai nazarlarning rang-barangligiga qaramay, u barcha zamonlarda va mamlakatlarda hamma universitetlar va boshqa oliy o'quv yurtlarida o'rganish uchun majburiy sanalgan fundamental fanlardan biri bo'lgan va shunday bo'lib qolmoqda. Nima uchun? qani bu yerda mantiq? Yuqorida aytilganlarga yana shuni ham qo'shimcha qilish lozimki, falsafa umumiy qabul qilingan, yagona tilga, shak-shubhasiz belgilangan qonunlarga va har qanday falsafiy ta'limotlar uchun umumiy bo'lgan kategoriyalarning muayyan majmuiga ega emas. Download 41.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling