Falsafa fanining predmeti. Falsafaning fan sifatidagi xususiyatlari
Download 41.03 Kb.
|
Falsafa fanining oraliq javoblari
13. Qadimgi yunon falsafasi.
qadimgi YUnon falsafasining shakllanishida, uning kategoriyalari, jumladan, borliq kategoriyasining rivojida yangi qadam hisoblanadi. Ioniyaliklarda borliq jismiy, pifagorchilarniki esa matematik bulsa, Eley maktabida u falsafiydir. Eleyliklar birinchilar qatorida borliq va tafakkur ortasidagi munosabat masalasini quydilar. Antik falsafa shakllanishining yakuni Eley maktabi bilan tugallanadi. Qadimgi Yunon falsafasi vujudga kelgan paytdan boshlab ular butun borliqning birinchi sababini mavjud voqelikning ozidan izlaganlar, Masalan, (Fales) uni suv yoki (Anaksimen) havo deb, (Anaksimandr) esa hamma narsani boshqaradigan boqiy va cheksiz asos — «apeyron» deb tavsiflaganlar. Shunga oxshash fikrlarni Ksenofan (mil. av. 580-490 yillar) ham ilgari suradi. Yani u hamma narsa er va suvdan vujudga keladi va rivojlanadi, hatto «biz ham er va suvdan paydo bolganmiz», deb hisoblaydi. Osha davrning bosh falsafiy masalasi — «hamma narsa nima?» degan savolga javob berar ekan Shunday qilib, qadimgi yunon falsafasining Suqrotga qadar bolgan davrida ontologiya sezilarli darajada rivojlanadi: osha davr atoqli faylasuflarining deyarli barchasi borliq muammosini bevosita yoki bilvosita organdi, uni, odatda, boqiy va barkamol kosmos, «yagona tabiat», yani moddiy-hissiy dunyo bilan tenglashtiradi. Masalan, Empedokl (mil. av. 484-421 yillar) «borliq» atamasini bevosita ishlatmagan bolsa ham, «barcha narsalarning tort negizi» (olov, havo, suv va er) haqida soz yuritar ekan, dunyo (kosmos) tuxumsimon korinishga ega deb hisoblagan, hayot nam va issiq suv otlaridan kelib chiqqani haqida mulohaza yuritgan. Demokrit va Levkipp atomlarni muayyan modda sifatida tavsiflab, ularni «boshliq» - yoqlikka zid olaroq, «tola» yoki «qattiq» borliq bilan tenglashtirgan. Shu davrda borliqni tushunishga nisbatan dialektik yondashuv ilk bor namoyon boladi. U butun dunyo muttasil harakat va ozgarish jarayonini boshdan kechiradi deb hisoblagan va shu munosabat bilan «ayni bir narsa mavjud va nomavjuddir» deya qayd etgan Geraklit (mil. av. 544-483 yillar) talimotida ayniqsa bortib korinadi. Download 41.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling