Falsafa funksiyalari


Download 9.51 Kb.
bet3/3
Sana30.04.2023
Hajmi9.51 Kb.
#1411317
1   2   3
Bog'liq
Falsafa funksiyalari-fayllar.org

Falsafaning aksiologik funksiyasi hayotning ma’nosi, o‘lim va umrboqiylik masalalarini kun tartibiga qo‘yish, u yoki bu harakat, voqea, hodisaga “yaxshi”, “yomon”, “muhim”, “foydali”, “foydasiz” kategoriyalari bilan baho berish orqali– aksiologik (yunon. Axia – qadriyat) funksiyani bajaradi.

Falsafaning axloqiy funksiyasi odamlar xulq-atvori va u yoki bu jamiyatda yuzaga keluvchi munosabatlar bilan bog‘liq.

Falsafaning tarbiyaviy funksiyasi haqida fikr yuritilganda bu masalaning xalqaro darajadagi keng va har tomonlama muhokamasi natijalarini hisobga olgan holda so‘z yuritish o‘rinli bo‘ladi. Bugungi kunda nafaqat ayrim xalqlar, balki butun jahon hamjamiyati o‘z-o‘zini anglab etishga yo‘naltirilgan falsafaga muhtojdir.

 O‘zbek falsafasining rivojini ta’minlashda quyidagi jihatlar alohida o‘rin tutadi:

- xalqimizning o‘z milliy an’analariga sodiqligi;

- mamlakatimizning buyuk kelajagiga ishonchi;

- muqaddas qadriyatlarimizga ishonch-e’tiqodi;

- mehnatsevarligi, intellektual salohiyati va boshqalar.

O‘zbek falsafasini yanada taraqqiy ettirish vazifalarini amalga oshirish quyidagi muammolarning echimini topishga bog‘liq:

- birinchidan, mustamlakachilik sharoitida soxtalashtirilgan tariximizni haqqoniy yoritish falsafiy g‘oyalar, qarashlar tarixini ham xolis ko‘rsatib berishni taqozo qiladi. O‘z davrida qimmatli tarixiy manbalarning yo‘q qilingani yoki ayovsiz talon-taroj etilgani bu ishni qiyinlashtirmoqda;


  • - ikkinchidan, mavjud manbalar arab yoki fors tillarida ekanligi, ularni biladigan faylasuf olimlarning, malakali tarjimonlarning kamligi umuminsoniy ma’naviy merosdan bahramand bo‘lish va ulardan ijodiy foydalanishga to‘siq bo‘lmoqda;

  • - uchinchidan, odamlar ongidan mustabid tuzumning soxta g‘oyalarini, ular qoldirgan asoratlarni siqib chiqarish, mafkuraviy bo‘shliqni yangi g‘oyalar bilan to‘ldirish, istiqlol mafkurasini shakllantirish muayyan vaqtni taqozo qiladi.

Falsafa ijtimoiy hayotda insonning mohiyati, yashashdan ko’zlagan maqsadi, oliy qadriyat ekani, ma’naviy omillari (ideallari), borliqdagi o’rni, munosabatlari sabablari, ruhiy va moddiy ehtiyojlarini qondirish usul va vositalari — barcha-barchasini ko’rsatib beradi.Jamiyat taraqqiyoti va falsafaning rivojlanishi dialektikasi ana shu xususiyatlarga asoslanib, o’ziga xos tarzda namoyon bo’ladi.Bir tomondan, jamiyatning o’zgarib borish tamoyili falsafiy g’oya, nazariya va ta’limotlar o’zgarishini taqozo qiladi. Ikkinchi tomondan, o’zgarayotgan falsafa jamiyat moddiy-ma’naviy hayot tarzini ilg’ab olib, uning istiqbollarini belgilash, mafkurasini shakllantirishda nazariy, uslubiy asos bo’lib xizmat qiladi. Ayniqsa, mamlakatimiz bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o’tgan bugungi kunda kishilar tafakkuri va ongida saqlanib qolayotgan eskicha fikrlash qoliplarini bartaraf etish, yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni rag’batlantirish, milliy o’zlikni anglash, istiqlol mafkurasini shakllantirishda shoshilmay, behuda his-hayajonlarga berilmasdan, aql-zakovat bilan ish tutishda falsafaning o’rni va hamiyati g’oyatda ulkandir.


  • Falsafa ijtimoiy hayotda insonning mohiyati, yashashdan ko’zlagan maqsadi, oliy qadriyat ekani, ma’naviy omillari (ideallari), borliqdagi o’rni, munosabatlari sabablari, ruhiy va moddiy ehtiyojlarini qondirish usul va vositalari — barcha-barchasini ko’rsatib beradi.Jamiyat taraqqiyoti va falsafaning rivojlanishi dialektikasi ana shu xususiyatlarga asoslanib, o’ziga xos tarzda namoyon bo’ladi.Bir tomondan, jamiyatning o’zgarib borish tamoyili falsafiy g’oya, nazariya va ta’limotlar o’zgarishini taqozo qiladi. Ikkinchi tomondan, o’zgarayotgan falsafa jamiyat moddiy-ma’naviy hayot tarzini ilg’ab olib, uning istiqbollarini belgilash, mafkurasini shakllantirishda nazariy, uslubiy asos bo’lib xizmat qiladi. Ayniqsa, mamlakatimiz bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o’tgan bugungi kunda kishilar tafakkuri va ongida saqlanib qolayotgan eskicha fikrlash qoliplarini bartaraf etish, yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni rag’batlantirish, milliy o’zlikni anglash, istiqlol mafkurasini shakllantirishda shoshilmay, behuda his-hayajonlarga berilmasdan, aql-zakovat bilan ish tutishda falsafaning o’rni va hamiyati g’oyatda ulkandir.


http://fayllar.org
Download 9.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling