Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyusiyasi Qonun tushunchasi. Qonunlarning turlari: Kategoriya tushunchasi va ularning turlari
Download 27.17 Kb.
|
4-mavzu (3)
Rivojlanish esa bu - progress tomon o‘zgarishdir. Rivojlanish, aslida shunday o‘zgarishki, bunda muayyan yunalishdagi yangi holat eski holatning, yuqori bosqich quyi bosqichning o‘rnini olib, eski narsa va hodisalar yo‘qolib, ular o‘rnini yangi narsa va hodisalar oladi. O‘zgarish esa rivojlanishdan shu bilan farq qiladiki, u o‘z ichiga regresslarni ham oladi.
Rivojlanish — bu progressdan iborat o‘zgarish bo‘lib, keng ma’noda quyidan yuqoriga, oddiydan murakkabga qarab ilgarilab boruvchi harakatdir. Rivojlanish shunday o‘zgarishki, u narsa va hodisalarning quyi bosqichi o‘rnini yuqoriroq bosqich olishidir. Rivojlanish boshqa jihatdan narsa va hodisalarning miqdor va sifat jihatdan tubdan o‘zgarib, boshqa narsa va hodisalarga aylanishidir. Rivojlanish, umuman olganda, to‘g‘ri chiziq bo‘ylab harakat emas, uni bunday tushunish xatodir. Bunday tushunishni tabiat rivojlanishi ham, jamiyat tarixi ham rad etadi. Har qanday real rivojlanish spiralsimon holda, uning har bir yangi o‘rami oldingisiga qaraganda kengroq boyroq, mazmunliroq, yuqoriroq, asosda egri- bugri yo‘llar bilan sodir bo‘ladi. Progress tomon rivojlanish, ayniqsa, jamiyat hayotida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Jamiyatdagi rivojlanish bir quyi ijtimoiy-iqtisodiy bosqichdan unga nisbatan progressivroq, yuqoriroq ijtimoiy-iqtisodiy bosqichlarga o‘tib borish asosida ro‘y beradi. Umuman, biz rivojlanish atamasini juda ko‘p ishlatamiz, u bizga tushunarlidek, tuyuladi. Aslida esa, bu tushuncha ifodalagan jarayon, biz o‘ylagandek, unchalik sodda emas. «Rivojlanish» tushunchasi ko‘p hollarda olg‘a qarab borishning sinonimi sifatida «progress» tushunchasiga tenglashtiriladi. Bugungi kunda insoniyat jamiyatining rivojlanishi, unda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar rivojlanishning murakkab jarayon ekanligidan dalolat bermoqda. Unda muayyan davriy o‘zgarish bilan bir qatorda, progressga tomon takrorlanmas o‘zgarishlar, turli xil zigzaglar mujassamligi ham ma’lum bo‘lmoqda. Ayniqsa, keyingi paytlarda jamiyatda yuz berayotgan o‘zgarishlar tahlikali tendensiyalar, halokatlar xavfi bo‘lgan jarayonlarni ham o‘z ichiga olishligi ravshan bo‘lmoqda. Bu jarayonlarni to‘g‘ri tushunib olish va ularga to‘g‘ri yondoshib, to‘g‘ri xulosalar chiqarish uchun bizga yangicha fikrlash juda zarur bo‘lmoqda. Masalan, bizning shu paytgacha o‘ylamasdan tabiat boyliklaridan talon-tarojlik bilan foydalanib kelishimiz natijasida bugungi kunda tabiat o‘z boshidan umumiy tanazzul (tanglik)ni kechirishi xavfi paydo bo‘ldi. SHuning uchun tabiat va jamiyatda yuz berayotgan hozirgi jarayonlarning tahlili rivojlanishning falsafiy tushunchasini qayta ko‘rib chiqishni taqozo qilmoqda. Bunga sabab rivojlanish jarayonida turli xil o‘zgarishlarning ziddiyatli xarakterlari namoyon bo‘layotganligidir. Rivojlanish jarayoni shu bilan birga, o‘z tabiatiga ko‘ra turlicha yo‘nalishdagi, bir- biriga qarama-qarshi va ayni vaqtda bir-biridan ajralmas tendensiyali tomonlarga ham ega. Bu tendensiyalar differensiatsiya va integratsiya jarayonlarining birligidan iboratdir. Download 27.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling