Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyusiyasi Qonun tushunchasi. Qonunlarning turlari: Kategoriya tushunchasi va ularning turlari


Download 27.17 Kb.
bet4/10
Sana06.11.2023
Hajmi27.17 Kb.
#1751433
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-mavzu (3)

Sofistika. Sofistik tafakkur usuli dastlab qadimgi yunon falsafasida paydo bo‘lib, o‘rta asrlarda, ayniqsa keng tarqaladi va rivojlanadi.
Qadimgi davr yunon falsafasida biron-bir xunarni yoki biron bir bilim sohasini mukammal egallagan kishilar sofistlar, deb atalgan bo‘lsa, keyinchalik o‘rta asrlarga kelib, notiqlik, donishmandlik, bilimdonlik bilan nom chiqargan kishilar ham, turli omonim so‘zlar asosiga ko‘rilgan turli fikrlar bilan kishilarning boshini qotiradigan, ustamonlik bilan ular fikrlarini chalg‘itadigan kishilar ham sofistlar, deb atala boshlanadi.
Sofistik tafakkur usuli yoki sofistika muhokama jarayonida bilib turib, ataylab yolg‘on asoslardan yolg‘on xulosalar chiqarish asosida fikr yuritish usulidir. SHu sababli sofistikani Forobiy «yolg‘ondakam donolik» deb, izohlaydi. Uning fikricha, sofistik tafakkur usuli bilan fikr yurituvchi kishi o‘rganilishi lozim bo‘lgan narsalarni o‘rganishda aqlni to‘g‘ri yo‘ldan chalkashtiradi va yolg‘onni rost shaklda tasavvur qilishga majbur qilib, kishini to‘g‘ri fikrlashdan adashtiradi.
Sofistik tafakkur usulida kishi rasmiy formal ta’riflar bilan cheklanadi va shu asosda fikr yuritadi. Lekin sofistik tafakkur usulini ham faqat salbiy jihatdan qarash to‘g‘ri emas. Sababi: sofistik tafakkur usuli ilmiy bilishda, haqiqatni aniqlashda salbiy rol o‘ynasa ham, biroq u san’atda, har xil komik vaziyatni yaratishda, badiiy tasvirda ijobiy rol o‘ynaydi.
Eklektika. Dialektik tafakkur usuliga muqobil bo‘lgan tafakkur usullaridan yana biri bu eklektikadir.
Eklektik tafakkur usuli ham dastlab qadimgi yunon falsafasida yuzaga keladi. Eklektik tafakkur usuli, ayniqsa, O‘rta asr falsafasi va yangi zamon falsafasi sxolastiklari qarashlarida keng qo‘llaniladi. Eklektik tafakkur usulida narsa va hodisalarning muhim va nomuhim, asosiy va asosiy bo‘lmagan xususiyatlari, ular o‘rtasidagi bog‘lanishlar mexanik ravishda birlashtirilib, qorishtirilib ifodalanadi. Narsa va hodisalarga, ularning bog‘lanishlariga konkret (aniq), muayyan makon va zamonda, muayyan vaziyat va shart-sharoitda yondashmaslik, ulardagi asosiy va ikkinchi darajali tomonlarni hisobga olmaslik asosida eklektik tafakkur usuli paydo bo‘ladi. Eklektik tafakkur usuli, ayniqsa, rahbarlikda rahbarning amaliy va nazariy faoliyatida, uning turmush ilgari surayotgan masalalarni to‘g‘ri hal qilishiga katta xalaqit beradi.
Dogmatika. Dogmatik tafakkur falsafadagi amaliyot va fanning yangi ma’lumotlarini hisobga olmay, konkret makon va zamon bilan bog‘liq bo‘lmagan, o‘zgarmas tushunchalar va qoidalar bilan ish ko‘ruvchi tafakkur usulidir. Dogmatik tafakkurning asosini metafizika tashkil qilib, u dastlab sofistik tafakkur usuliga qarama-qarshi o‘laroq, vujudga keladi. Dogmatik tafakkurning paydo bo‘lishi tarixan metafizik usulning qaror topishi va rivojlanib borishi bilan bog‘liqdir. Dastlab tabiatshunoslik fanlari sohasida tabiatni tekshirish usuli sifatida paydo bo‘lgan metafizika «tabiatdagi buyumlar va jarayonlarni bir-biridan ajratilgan holda, ular o‘rtasidagi umumiy bog‘lanishdan tashqarida tekshirishga va shuning natijasida, ularni harakat holatida emas, balki harakatsiz holatida - muhim darajada o‘zgaradigan narsa sifatida emas, balki o‘lik narsalar sifatida tekshirishga» kishilarni odatlantirib qo‘ya boshlaydi. Bunday tekshirish va tushunish bora-bora o‘ziga xos dogmatik tafakkur usulini vujudga keltiradi.


  1. Download 27.17 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling