Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyusiyasi Qonun tushunchasi. Qonunlarning turlari: Kategoriya tushunchasi va ularning turlari


Alohidalik, xususiylik va umumiylik


Download 27.17 Kb.
bet7/10
Sana06.11.2023
Hajmi27.17 Kb.
#1751433
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-mavzu (3)

Alohidalik, xususiylik va umumiylik borliqdagi narsa va hodisalarning har biriga xos alohida, ma’lum guruhiga xos maxsus va hammasiga xos umumiy tomonlari, xususiyatlari hamda ular o‘rtasidagi bog‘anish va aloqadorlikni ifodalaydi.
Alohida narsa va hodisagagina xos bo‘lib, bu narsa va hodisani boshqa narsa va hodisadan farq qiluvchi, takrorlanmaydigan, individual belgi va xususiyatlar birligi alohidalik deyiladi.
Ko‘pchilik narsa va hodisalarga (yoki ularning turlariga hamda tomonlariga) xos bo‘lgan o‘zaro o‘xshash, bir xil, takrorlanuvchi belgi va xususiyatlar birligini aks ettiruvchi tushuncha umumiylik deb ataladi. Umumiylik borliqdagi ko‘pchilik narsa va hodisalarga (yoki ularning tomonlariga) xos bo‘lgan umumiy belgi va xususiyatlarning fikriy in’ikosidir. Umumiylik bir sinf yoki bir turga kirgan narsa va hodisalarni ham ifodalaydi. CHunki borliqda har bir narsa va hodisa boshqa narsa va hodisalar bilan albatta, biror umumiy tomonga, xossaga, belgi va xususiyatga egadir.
Narsa va hodisalarga xos maxsus tomonlar, xususiyatlar birligi xususiylik kategoriyasida ifodalanadi. Xususiylik kategoriyasi narsa va hodisalardagi alohidalik va umumiylik kabi tomonlar o‘rtasidagi alohidalikka nisbatan umumiy, umumiylikka nisbatan alohida bo‘lgan tomonlar, belgilar, hususiyatlar va aloqadorliklarni ifodalaydi.
Bir butun borliqdagi hamma narsa va hodisalarga xos bo‘lgan tomonlar, belgi va xususiyatlar eng umumiylikdir. Eng umumiylik hajm jihatdan boshqa kengaytirib bo'lmaydigan universal tushunchadir. Masalan: Ahmad ^ odam ^ tirik mavjudot, nihoyat ^ materiya ^ borliq. «Borliq» tushunchasi bu erda eng umumiylikdir.
Mohiyat va hodisa.Mohiyat narsa va hodisalarning ichki, eng muhim o‘zaro bog‘lanishlari, shu bog‘lanishlarning qonuniy aloqadorliklarini ifodalaydi. Hodisa esa shu narsa va jarayonlarni tashkil etuvchi tomonlar, xususiyatlar va bog‘lanishlarning namoyon bo‘lish shakli, mohiyatning ifodalanishidir. Masalan, hamma tirik mavjudotlarning mohiyati ulardagi modda almashish jarayoni bo‘lmasa, tiriklik jarayoni — hayot ham bo‘lmaydi. Modda almashish jarayoni butun hayot jarayonining asosiy mohiyatini tashkil etadi. Lekin bu modda almashuv jarayoni har bir tirik organizmda juda xilma-xil ko‘rinishlarda sodir bo‘ladi. Bu ko‘rinishlar — hodisalar.

Download 27.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling