Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyusiyasi Qonun tushunchasi. Qonunlarning turlari: Kategoriya tushunchasi va ularning turlari
Download 27.17 Kb.
|
4-mavzu (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- «metafizika»
- «sinergetika»
Falsafiy metodlar
Dialektika so‘zi yunon tilida «suhbatlashuv san’ati», «bahslashuv san’ati» degan ma’noni bildiradi. Borliqning ziddiyatliligi borliq haqidagi fikrlarning ziddiyatliligida o‘z aksini topadi. Borliqning o‘zi doimo o‘zgarish va rivojlanishda bo‘lganligi uchun odamlar ko‘pincha shu haqda bahslashadilar. Uzoq vaqtgacha, dunyo o‘zgarmasdir, deb kelingan edi. Keyinchalik uning o‘zgaruvchanligi haqidagi g‘oya paydo bo‘ldi. Geraklitning bir daryoga ikki marta tushib bo‘lmaydi, degan so‘zlarini eslaylik. Xo‘sh, faylasuflardan qaysi birlari haq? Dunyo o‘zgarmasdir, deganlarimi yoki, u o‘zgaruvchandir, deganlarimi? Sog‘lom fikr dunyoda o‘zgaruvchanlik ham, barqarorlik ham mavjudligidan dalolat beradi. Lekin ularning ziddiyatli birligini tushunchalar tilida aks ettirish oson emas ekan. Harakatning mohiyatini tushunishga uringan qadimgi yunon faylasufi Zenon (490-430 er. avv.) ana shunday muammoga duch kelgan. O‘z mantiqiy muhokamalarining yakunida u to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarama-qarshi xulosaga - harakat mumkin emas, degan xulosaga keladi. Bu mantiqiy paradokslar aporiyalar deb atala boshladi. Dastlab «metafizika» atamasining ma’nosi hozirgisidan boshqacha bo‘lgan. Eramizdan avvalgi birinchi asrda RodoslikAndronnik Arastu qo‘lyozmalarini sistemalashtirib, uning fizika to‘g‘risidagi traktatlari guruhidan keyin uning bir kator boshqa mavzudagi asarlarini joylashtiradi. Bularni Arastuning o‘zi «ilk falsafa» deb atagan edi. Bu borliq va bilishning dastlabki oliy prinsiplarini aqliy bilish to‘g‘risidagi asarlar edi. Mana shularni Andronnik «metafizika» deb ataydi (yunon tilidagi aynan ma’nosi: fizikadan keyin keladigan narsa). SHu an’anaga binoan keyingi zamonlarda ijod qilgan tadqiqotchilar ham «metafizika» deganda borliq va bilishning oliy asoslari to‘g‘risidagi falsafiy tadqiqotlarni tushunganlar. Metafizikani ana shunday tushunishni YAngi zamon falsafasiga qadar uchratamiz. SHu bilan birga «metafizika» tushunchasi boshqacha ma’no ham kashf etadi. Ko‘pincha mutafakkirlar olam tabiatini tasvirlar ekanlar, barcha savollarga tugal javob berishga, dunyoni to‘la-to‘kis izohlangan deb ko‘rsatishga intilganlar. Boshqacha qilib aytganda, modomiki dunyo haqida muayyan qarash to‘g‘ri ekan, bu faqat bugungi dunyoni emas, balki tubdan o‘zgarmasligi kerak bo‘lgan kelgusidagi dunyoni ham tasvirlab beradi deb o‘ylashgan. Agar bilish metodi ob’ektni qandaydir qotib qolgan, rivojlanmaydigan narsa sifatida tadqiq etsagina bunday fikr yuritish mumkin bo‘ladi. SHu tariqa metafizika bilish metodi sifatida shakllandi. YUnonchadan tarjima qilinganda, «ko‘mak»ni, «hamkorlik»ni bildiruvchi «sinergetika» so‘zi ikki xil ma’noga ega. Bir tomondan, bu murakkab tizimli elementlarning kooperativ harakati, ikkinchi tomondan, bu turli bilim sohasidagi olimlarning hamkorligidir. Aynan o‘z ma’nosida aytganda, sinergetika bu turli tabiatli tuzilmalarning o‘z-o‘zidan tashkil topish, barqarorlik, parchalanish va qayta paydo bo‘lish jarayonlarini tadqiq etuvchi nazariyadir. Sinergetika taraqqiyotning qator fundamental o‘ziga xosliklarini ochib berishga imkon beradi.Sinergetikaning hozirgi davrdagi rivojidan chiqarish mumkin bo‘lgan asosiy falsafiy saboq shuki, u noorganik tabiatda o‘z-o‘zidan tashkil topish mavjudligini isbot qilib berdi. Download 27.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling