Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda etadigan bilimlar majmui. Falsafaning baxs mavzulari va asosiy muammolari


) O’zgarish va rivojlanish jarayonida o’z-o’zini inkor etish tamoyili


Download 195.3 Kb.
bet48/92
Sana28.10.2023
Hajmi195.3 Kb.
#1732035
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   92
Bog'liq
Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda e

52) O’zgarish va rivojlanish jarayonida o’z-o’zini inkor etish tamoyili.
O’zgarish va rivojlanish jarayonida o’z-o’zini inkor etish tamoyili nihoyatda muhim. Bunda vorislik - eskining inkori va yangilikning shakllanishi sifatida namoyon bo’ladi. Ana shu jarayonlarning doimiy takrorlanishi inkorni inkor qonunining mohiyatini bildiradi.
Mazkur qonunga muvofiq ob’ektiv voqelikdagi narsa va hodisalarning rivojlanishi jarayonida eskining yangi tomonidan inkor qilinishi ro’y beradi. Biroq, aksariyat hollarda, eskilik butunligicha inkor qilinmaydi, undagi ijobiy tomonlar saqlanib qoladi.
Inkor tushunchasi kundalik ongda «yo’q», so’zi bilan qo’shilib ketadi, inkor qilmoq — «yo’q» demakdir, biror narsani rad etmoqdir. Lekin dialektikada inkor kundalik ongda ishlatiladigan tushunchadan farq qiladi. Dialektikada inkor qilish to’g’ridan-to’g’ri «yo’q» degani emas, ya’ni narsani mavjud emas, deb e’lon qilmoq yoki uni har qanday usul bilan yo’qotib tashlamoq emas.
Inkorni dialektik tushunish yangining eski bilan oddiy almashuvi bo’lmasdan, balki eskining bag’rida vujudga kelib, undan foydalanib, qaror topishini tan olishdir. Dialektik inkorning muhim ikki jihati mavjud: birinchisi, eskining o’rniga yangining kelishi tabiiy-tarixiy jarayon bo’lganligi uchun taraqqiyotning muhim sharti hisoblansa; ikkinchisi, u yangini eski bilan vorisiy bog’liq ekanligini ham ifodalaydi.
Inkorni inkor qonunini tushunish uchun uni nega shunday deb atalishini izohlamoq lozim. Falsafaning bu ta’limotini ikki marta takrorlanuvchi inkorda ifodalanishi olamdagi narsa va hodisalarning doimiy ravishda o’zgarib, bir holatdan ikkinchi holatga o’tib borishi va oqibatda, rivojlanish uzluksiz ekanligidan kelib chiqadi.
Bu qonunga ko’ra, har bir mavjud bo’lgan narsa va hodisa o’zigacha bo’lgan sifat va miqdor inkor etilishining mahsuli, shu bilan birga, ana shu narsa va hodisalarning o’zi ham sharoitning o’zgarishi, vaqtning o’tishi bilan inkor etilishga mahkumdir. Demak, har bir narsa va hodisaning o’zgarishi va rivojlanishi hamisha ikki va undan ko’proq inkor etishlar bilan amalga oshadi. Insoniyat tarixi - avlodlar almashinuvi tarixidir, deyilganida ham ana shunday hol nazarda tutiladi.
Inkorni inkorning yana bir muhim belgisi shuki, taraqqiyotdagi davriylikning muayyan halqasida, ya’ni navbatdagi inkor bosqichida uning oldingi bosqichidagi ba’zi belgilar takrorlanadi. Masalan, don o’simlikdan yana donlarga aylanadi, keyinroq yana o’simlikka va hokazo.
Inkorni inkorning amal qilishi tufayli taraqqiyot to’g’ri chiziq shaklida emas, doira shaklida bo’ladi, uning oxirgi nuqtasi boshlang’ich nuqtaga yaqinlashadi. Lekin bu yaqinlashuv uning oxirgi nuqta bilan tutashishi bo’lmasdan, balki yuqori bosqichda sodir bo’lishi sababli taraqqiyot spiral shaklga ega bo’ladi. Bu spiralning har bir yangi o’rami oldingi o’ramiga nisbatan yuqoriroq bosqichda yuzaga keladi.



Download 195.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling