Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda etadigan bilimlar majmui. Falsafaning baxs mavzulari va asosiy muammolari


) Voqelikni mazmunini aks ettiruvchi kategoriyalar va


Download 195.3 Kb.
bet51/92
Sana28.10.2023
Hajmi195.3 Kb.
#1732035
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   92
Bog'liq
Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda e

55) Voqelikni mazmunini aks ettiruvchi kategoriyalar va
56) Voqelikni sababiyatini aks ettiruvchi kategoriyalar.
Mazmun - narsa yoki xodisani aynan shu narsa yoki xodisa sifatida ifodalovchi jarayonlar, muxim elementlar va o`zgarishlarning majmuidir.
Shakl - mazmunning mavjudlik usulini, uning strukturasini ifodalovchi, narsa va xodisalarning ichki va tashqi tomonlarining birligidir.
Struktura - sistemani tashkil etgan narsalar, xodisalar va jarayonlarning tartibi, tuzilish, tarkibi, joylashishi va ifodalanishidir.
Element - sistema strukturasini tashkil qilgan, nisbiy mustaqillikka ega bo`lgan tuzilmadir.
Sabab - bir xodisadan oldin kelib, uni vujudga keltirgan xodisa yoki xodisalar guruxidir.
Oqibat - sababning bevosita yoki bavosita ta’siri bilan yuz beradigan xodisadir.
Zaruriyat - muayyan sharoitda qat’iy ravishda kelib chiqadigan voqea yoki xodisadir.
Tasodif - ayni sharoitda yuz berishi xam, yuz bermasligi xam mumkin bo`lgan xodisa yoki voqeadir.
Voqelik - real mavjud bo`lgan, yashab turgan narsa va xodisalardir.
Imkoniyat - yuzaga chiqmagan voqelikdir.
Olamni bilish jarayonida ilmiy tushunchalar, kategoriyalar bir yo’la shakllanmagan. Shubhasiz, inson o`z amaliy faoliyatida olamdagi hodisa va narsalarga xos sirlarni, xususiyatlarni va belgilarni bila borishi, ulardagi juz’iy va umumiy tomonlarni ajrata borishi asosida “me’yor” “miqdor”, “sifat”, “ziddiyat”, “inkor”, “sabab”, “oqibat”, “zaruriyat” va “tasodif”, “imkoniyat” va “voqelik”, “shakl” va “mazmun”, “mohiyat” va “hodisa” singari qator kategoriyalar shakllangan. Binobarin kategoriyalar insonning tabiat va ijtimoiy hayot hodisalari bilan bo`lgan amaliy aloqalarida voqelikning mohiyatini bilishning natijasidir.
Kategoriya hamma vaqt uzluksiz taraqqiyot jarayonida bo’lgan voqelikning in’ikosi bo’lib, o’zgaruvchan va o’zaro aloqadorlik xususiyatida namoyon bo’ladi. Kategoriya dialektikasi shundaki, ma’lum sharoitlarda bir kategoriya ikkinchisini keltirib chiqaradi: tasodif zaruriyatga, ayrimlik umumiylikka, miqdor sifatga aylanishi buning misolidir. Har qanday kategoriya boshqa kategoriya bilan uyg’unlikda va ichki aloqadorlikdagina mavjud bo’la oladi. Zotan, kategoriya o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik, munosabatni anglatadigan falsafa qonunlari: qarama-qarshiliklarning birligi qonuni ziddiyat, qarama-qarshilik kategoriyaning munosabatini xarakterlash bilan ayni paytda shakl va mazmun, zaruriyat va tasodif, imkoniyat va voqelik singari kategoriyaning mazmunini va mohiyatini anglashga imkoniyat beradi.
Demak, kategoriyalar mantiqan o’zaro uzviy bog’liq, mazmunan bir-birini to’ldiradi, bilishning umumiy qonunlarini anglamay turib kategoriyaning mohiyat-mazmunini tushunish mumkin emas. Ular voqelikka xos umumiy xususiyatlar, aloqadorlik, o’zaro munosabatlarni ifodalashi bilan birga, olamning yashash va taraqqiyot dialektikasini ifodalab beradi, hamda dunyoni ilmiy bilishda nazariy hamda metodologik ahamiyatini namoyon qiladi. Birinchidan, kategoriyalar insonning tabiat, jamiyat hodisalari mohiyati va qonuniyatini bilish jarayonidagi erishgan bilimlari hisoblanadi, ikkinchidan, ular voqelikni yana ham chuqurroq bilish va uning sirlari hamda qonuniyatlarini ochishda qo’llaniladigan muhim ilmiy vositalar hisoblanadi. Ularni bir-biridan ajratib yoki mutlaqlashtirib yuborish noto’g’ri. Zero, olamning o’zi bir butun, ko’p qirrali munosabatlarda mavjud bo’lganidek, kategoriya ham o’zaro aloqadorlikda mavjuddir. Umumiyliksiz ayrimlik, mazmunsiz shakl, sababsiz oqibat bo’lmaganidek, shu umumiylik bag’rida ayni paytda hodisa, jarayonning xususiyatlarini xarakterlovchi mazmun ham, unga qaraganda chuqurroq sifat muayyanligini ifodalovchi mohiyat ham, predmet hodisaning kelib chiqishini belgilovchi imkoniyat, sabab, zaruriyat ham yashiringan bo’ladi.



Download 195.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling