Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda etadigan bilimlar majmui. Falsafaning baxs mavzulari va asosiy muammolari


) Sivilizatsiyaning tarixiy shakllari va xozirgi davrdagi xususiyatlari


Download 195.3 Kb.
bet80/92
Sana28.10.2023
Hajmi195.3 Kb.
#1732035
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   92
Bog'liq
Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda e

98) Sivilizatsiyaning tarixiy shakllari va xozirgi davrdagi xususiyatlari.
Sivilizatsiyalar o’z shakliga ko’ra, Sharq va G’arb sivilizatsiyalari, musulmon va xristian sivilizatsiyalari, hududiy va jahon sivilizatsiyasi kabilardan iborat. Sharq sivilizatsiyasiga xos bo’lgan quyidagi muhim xususiyatlarni ko’rsatish mumkin:
Sharqdagi barcha dunyoviy, diniy va falsafiy ta’limotlar tabiatga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lishni, sabr-toqatlilikni targ’ib etgan;
— odamlar orasida bag’rikenglik, birdamlik va hamjihatlik ruhi kuchli bo’lgan;
— milliy qadriyat va an’analar e’zozlangan;
— kattalar va ota-onaga hurmat bilan qarashga alohida e’tibor berilgan.
Uzbekiston Sharq sivilizatsiyasi bag’rida rivojlandi. Vatan va onaning muqaddasligi, jamoaviylik, o’zaro yordam, tabiatga oqilona munosabat, mehnatsevarlik, sabr-toqatlilik, kattalarga hurmat, kambag’alparvarlik kabilar Sharq sivilizatsiyasiga xos belgilardir.
Hozirgi zamon sivilizatsiyasi o’ziga xos xususiyatlari va muammolariga ega. Bunda, eng muhimi, jahon sivilizatsiyasini saqlab qolish va uni yanada rivojlantirishdir. Jahon sivilizatsiyasini tanazzulga olib keladigan qator tahdidlarni bartaraf etishda quyidagilar nihoyatda katta ahamiyatga molik:
— insonni oliy qadriyat sifatida e’tirof etish;
tabiatni asrab-avaylash;
— ekologik xavfsizlikni ta’minlash;
— ommaviy qirg’in qurollarini yo’q qilish;
— davlatlar, xalqlar o’rtasidagi nizolarni siyosiy yo’l bilan muzokaralar orqali hal etish;
— turli jinoiy uyushmalarga barham berish, xalqaro terrorchilik va giyohvandlikka, turli yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish;
— kishilarda yangicha dunyoqarash va siyosiy tafakkurni shakllantirish.
Bunday muammolarni oqilona hal etish uchun turli mamlakat, mintaqa va xalqlar o’rtasida umumiy hamjihatlik va hamkorlikka bo’lgan intilish tobora ortib bormoqda. Islom Karimovning qator asarlari va nutkdarida ta’kidlanganidek, ayrim mintaqalardagi mojaro va ziddiyatlar o’z vaqtida oqilona hal etilmasa, jahon sivilizatsiyasi rivojiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.



Download 195.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling