Falsafada Qarama-qarshilik va Ziddiyat masalasi Reja: Qarama-qarshiliklar birligi qonuni


Download 45.21 Kb.
bet4/9
Sana18.06.2023
Hajmi45.21 Kb.
#1564141
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ziddiyatlar, Dialektik ziddiyat

Ziddiyatlarning turlari. Ziddiyatlarning butun rang-barangligi turli asoslarga ko`ra tasniflanadi. Xususan, 1) namoyon bo`lish shakliga ko`ra – ichki va tashqi ziddiyatlar;
2) rivojlanishdagi roliga ko`ra – asosiy va ikkinchi darajali ziddiyatlar;
3) vujudga kelish xususiyatiga ko`ra – zaruriy va tasodifiy ziddiyatlar;
4) jamiyatdagi tipiga ko`ra – antagonistik va noantagonistik ziddiyatlar farqlanadi.
Asosiy ziddiyatlar strukturaning qarama-qarshi tomonlari o`rtasida, ikkinchi darajali ziddiyatlar esa – bog`lovchi bo`g`inlar o`rtasida yuzaga keladi. Asosiy ziddiyatlar sifatli, muhim va zarurdir. Asosiy ziddiyatlarsiz predmet, uning sifat jihatidan muayyanligi va yaxlitligi mavjud bo`lmaydi. Ikkinchi darajali ziddiyatlar tasodifiy xususiyat kasb etadi, ularning borligi yoki yo`qligi predmetning sifatini o`zgartirmaydi. zaruriy ziddiyatlar – bir lahzalik ziddiyatlardir: ular ichki yoki tashqi, asosiy yoki ikkinchi darajali bo`lishi mumkin. Masalan, inson hayoti qil ustida turadigan avtomobil` halokati yuz bergan paytda barcha ichki ziddiyatlar (psixologik konfliktlar, stresslar va fiziologik patologiyalar) ikkinchi darajali ahamiyat kasb etadi.
Borliqning ichdan ziddiyatligi – ob`ektiv hodisa, tabiat va jamiyatning asosiy va umumiy xossasidir. Har bir inson hayotiga kelsak, u ziddiyatlar bilan har kuni to`qnash keladi, qarorlar qabul qiladi, baholar beradi, o`z qilmishlaridan pushaymon bo`ladi, ko`pincha yo`l qo`ygan xatolaridan afsus chekadi. Har qanday voqea, vaziyat, taxminning ichki ziddiyatlarini ko`rib, o`zi qabul qilayotgan qarorlarning ijobiy va salbiy tomonlarini taroziga solish tafakkurning etuklik belgisidir.
Bizni qurshagan dunyoda ziddiyatlar juda serqirra; ularni turli asoslarga ko`ra tasniflash odat tusini olgan
Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib shuni qayd etish mumkinki, dialektik ziddiyatlilik qonuni barcha narsalar, tizimlar, hodisalar va jarayonlar ichki ziddiyatlar, qarama-qarshi tomonlar va tedentsiyalar bilan tavsiflanishini nazarda tutadi. Ularning o`zaro aloqasi, ular o`rtasidagi «kurash» o`zgarish va rivojlanish manbai hisoblanadi, ziddiyatlarning kuchayishiga sabab bo`ladi. Bu ziddiyatlar oxir-oqibatda muayyan bosqichda eskining yo`qolishi va yangining vujudga kelishi bilan echiladi.
Dialektika tizimida bu qonunning markaziy o`rni nima bilan belgilanadi? Birinchidan, bu qonun har qanday harakat va rivojlanish manbaini yoritadi, ya`ni rivojlanish nazariyasining eng muhim savollariga javob beradi. Ikkinchidan, bu qonun dialektikaning qolgan barcha qonunlari va kategoriyalarining asosi hisoblanadi. Ko`rsatilgan qonunlar va kategoriyalarning har birida biz birlik va kurash munosabati bilan bog`liq bo`lgan qarama-qarshiliklarga duch kelamiz. Uchinchidan, dialektik ziddiyatlilik qonuni yagonani tafakkurda ikkilantirish va uning qarama-qarshiliklarini ularning tahlilini sintez bilan birlashtirish orqali o`rganishni talab qilib, bilish dialektik metodining bosh mazmunini belgilaydi.
Rivojlanish manbaini yorituvchi dialektik ziddiyatlilik qonunidan farqli o`laroq, miqdor va sifat o`zgarishlarining bir-biriga o`tishi qonuni rivojlanish jarayonining mexanizmini yoritadi, u qay tarzda va qanday shakllarda amalga oshirilishini ko`rsatadi (Bu qonunning xususiyatini, u qanday namoyon bo`lishi va amal qilishini aniqlash uchun uning asosiy tushunchalari: sifat, miqdor, me`yor, sakrashning mazmunini yoritish talab etiladi.

Download 45.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling