Falsafada Qarama-qarshilik va Ziddiyat masalasi Reja: Qarama-qarshiliklar birligi qonuni


Download 45.21 Kb.
bet7/9
Sana18.06.2023
Hajmi45.21 Kb.
#1564141
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ziddiyatlar, Dialektik ziddiyat

Sakrash-bu bir sifatning boshqa sifatga aylanish vaqti, shakli, usuli, miqdor o`zgarishlarining uzluksizligi, bosqichma-bosqichligidagi uzilishdir. Masalan, sakrash-bu erda hayotning paydo bo`lishi, hayvonlar dunyosidan insonning ajralib chiqishi, bir ijtimoiy tuzum o`rniga boshqa ijtimoiy tuzum kelishi, buyuk ilmiy va texnikaviy kashfiyotlardir. Har qanday sakrash rivojlanishda o`tish davrini tavsiflaydi. O`z tabiatiga ko`ra u doim ziddiyatlidir, chunki yangining tug`ilishidan ham, eskining qarshiligidan ham dalolat beradi.
Sakrashlarning shakllari rang-barang bo`lib, rivojlanayotgan hodisaning tabiati, shuningdek unda sifat o`zgarishlari yuz berayotgan konkret sharoit bilan belgilanadi. Sakrashlar:
1) o`zgarishning davomliligiga ko`ra (jadal, sust);
2) o`zgarish shakliga ko`ra (bir karra, ko`p karra);
3) o`zgarishning chuqurlik darajasiga ko`ra (qisman, to`liq);
4) o`zgarishning yo`nalishiga ko`ra (progressiv, regressiv, yo`nalishsiz) farq qiladi.
Sakrashlarni tahlil qilish chog`ida «evolyutsiya», «inqilob», «islohot» kabi atamalar ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. «Evolyutsiya» tushunchasi keng va tor ma`nolarda qo`llaniladi. Keng ma`nodagi «evolyutsiya» asta-sekin rivojlanish jarayoni bo`lib, u miqdor o`zgarishlarinigina emas, balki sifat o`zgarishlari, shu jumladan inqiloblarni ham o`z ichiga oladi. Tor ma`noda «evolyutsiya» deganda inqilobdan, uning tayyorlanishidan oldingi davr tushuniladi. «Inqilob» tushunchasi ijtimoiy hodisalarni tavsiflash uchun ishlatiladi va jamiyatni asta-sekin emas, balki tubdan o`zgarish yasaydigan sakrashdir. Islohot jamiyat hayotining biron-bir muhim tomonini o`zgartirish bo`lib, bunda uning iqtisodiy va davlat tartibi asoslari saqlanib qoladi.
Shunday qilib, miqdor va sifat o`zgarishlarining bir-biriga o`tishi qonuni, rivojlanishning umumiy qonuni sifatidagi mazmuni haqida yaxlit tasavvur hosil qilish imkonini beradigan «sifat», «miqdor», «me`yor», «sakrash» kategoriyalari yordamida muayyanlashtiriladi. Mazkur qonun butun borliqning rivojlanishi, harakati va o`zgarishi qanday, qay tarzda yuz beradi, degan savolga javob berib, ob`ektiv voqelikning har qanday sohasida yangi sifatga o`tishning ichki mexanizmini yoritadi. Ko`rib chiqilgan qonunlar rivojlanish manbai va uning mexanizmini yoritib bersa, inkorni-inkor qonuni – rivojlanishning umumiy tendentsiyasini, uning yo`nalishini aks ettiradi.

Download 45.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling