Falsafafanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli ma’ruza rejasi


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/60
Sana31.01.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1142839
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   60
Bog'liq
1-мавзу маърузаси

Fanning mohiyatini tushunishga nisbatan ikki asosiy yondashuv, uning keng va tor 
talqinlari shakllangan.
Keng (yig‘ma) ma’nodagi fan –bu butun inson faoliyati sohasi bo‘lib, uning vazifasi 
borliq haqidagi obyektiv bilimlarni o‘rganish va ilmiy nazariy tizimga solishdan iboratdir. Bu 
yerda “fan”, “olim” tushunchalari muayyanlashtirilmaydi va umumiy, yig‘ma tushunchalar 
sifatida talqin qilinadi. “Fan” tushunchasi falsafaga tatbiqan ko‘pincha ayni shu kontekstda 
qo‘llaniladi, faylasuflar esa olimlar deb ataladiki, bu qisman o‘rinlidir.
Muayyan ilmiy fanlar, masalan, fizika, kimyo, biologiya, tarix, matematikani ifodalash 
uchun «fan» tushunchasiga torroq, binobarin, izchilroq ma’no yuklanadi. Bu yerda fanga aniq 
ta’rif berilgan, olim esa tor mutaxassis, muayyan bilim ifodachisi hisoblanadi. U shunchaki olim 
emas, balki doim va albatta yo fizik, yo ximik, yo tarixchi, yo boshqa fan vakilidir. Ayni holda 


fan muqarrar tarzda tabiat, jamiyat, tafakkurning u yoki bu obyekti (hodisasi) haqidagi ilmiy 
bilimlarning qat’iy tartibga solingan, izchil tizimidan tashkil topadi.
Fan rivojlanishining asosiy bosqichlari. Miloddan avvalgi I ming yillikdan XVI 
asrgacha bo‘lgan davr ilk fan davridir. Bu davrda asrlar mobaynida avloddan-avlodga o‘tib 
kelgan, hayot tajribasi va mehnat faoliyati jarayonida olingan amaliy bilimlar bilan bir qatorda 
juda umumiy va mavhum mushohadalarga asoslangan nazariyalar xususiyatiga ega bo‘lgan 
tabiat haqidagi dastlabki falsafiy tasavvurlar (naturfalsafa) vujudga kela boshlagan. Ilmiy bilim 
kurtaklari naturfalsafa doirasida uning elementlari sifatida shakllangan. Matematik, astronomik, 
tibbiy va boshqa masalalarni yechishda foydalaniladigan ma’lumotlar, usullar va metodlar 
jamlanishi bilan falsafada tegishli bo‘limlar vujudga kelgan va keyinchalik asta-sekin 
shakllanayotgan ayrim fanlar: matematika, astronomiya, tibbiyot va hokazolarga ajralib chiqgan.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling