Falsafafanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli ma’ruza rejasi


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/60
Sana31.01.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1142839
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   60
Bog'liq
1-мавзу маърузаси

Falsafaning madaniy funksiyasi odamlar dunyoqarashini kengaytirish, ularda 
bilishga qiziqish uyg‘otish, nazariy fikrlash madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish orqali 
namoyon bo‘ladi. U dunyoni o‘zlashtirish va bilishning universal shakli sifatida, insoniyatning 
eng yaxshi yutuqlarini o‘zida mujassamlashtiradi va ularni butun insoniyat mulkiga aylantiradi. 
Turli mamlakatlar va xalqlarning falsafa tarixini o‘rganish ularning o‘tmishdagi va hozirgi 


madaniyatini yaxshiroq tushunish imkonini beradi, g‘oyalar almashinuvi va madaniy 
an’analarning o‘zaro ta’siriga ko‘maklashadiki, bu madaniy meros bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan 
ko‘pgina muammolarni yechishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Falsafaning aksiologik funksiyasi(yunon. axia - qadriyat) hayotning ma’nosi, o‘lim va 
umrboqiylik masalalarini kun tartibiga qo‘yish, u yoki bu harakat, voqea, hodisaga “yaxshi”, 
“yomon”, “muhim”, “foydali”, “foydasiz” kategoriyalari bilan baho berish orqali namoyon 
bo‘ladi U uzoq muddatli tendensiyalarni qisqa muddatli tendensiyalardan farqlash, yuzaki 
jarayonlarni fundamental jarayonlardan, muhim narsalar va hodisalarni ikkinchi darajali narsalar 
va hodisalardan ajratish orqali insonning qadriyatlarga munosabati bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan 
tegishli ehtiyojlarini shakllantiradi. Shu tariqa insonning muayyan qadriyatlari, mo‘ljallari va 
ustuvorliklari belgilanadi, ya’ni tegishli qadriyatlar tizimi tarkib topadi. Bu tizim odamlarning 
muhim xususiyati hisoblanadi, ularning hayotga munosabatini aks ettiradi va jamiyatdagi xulq-
atvorini ko‘p jihatdan belgilaydi.
Falsafaning axloqiy funksiyasiodamlarning u yoki bu jamiyatda qaror topgan 
munosabatlar ta’sirida shakllanuvchi xulq-atvori. Bunda, masalan, axloqiy qadriyatlar, ularning 
tabiati, asoslari va jamiyatdagi amaliy roli falsafaning tadqiqot predmeti hisoblanadiki, bu 
jamiyatda yuzaga keladigan va tabiiy yo‘l bilan, ya’ni real hayot amaliyotida o‘rnatiladigan 
meyorlar va qoidalarga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Bunday meyorlar ijtimoiy 
munosabatlarni tartibga soluvchi muhim dastak hisoblanadi va odamlarning o‘zaro aloqalari
ularning munosabatlari, o‘zaro til topish darajasida namoyon bo‘ladi. Xulosa qilib aytish 
mumkinki, falsafa doimo axloqda, jamiyatning barcha a’zolari xulq-atvorida namoyon bo‘ladi va 
shu tariqa yana bir muhim funksiya – axloqiy funksiyani bajaradi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling