Falsafafanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli ma’ruza rejasi


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/60
Sana31.01.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1142839
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   60
Bog'liq
1-мавзу маърузаси

M.X.Xayrullaev (1931-2004) akademik, falsafa fanlari doktori, professor. XX 
asrning ikkinchi yarmida o‘zbek falsafasi rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan yetuk olim, jamoat 
arbobi. Asosiy faoliyati Abu Nasr al Forobiyning ilmiy ijodini o‘rganish va sharhlashga 
bag‘ishlangan. U “Buyuk siymolar”(1996 2 jild) va “Ma'naviyat yulduzlari” (1999) asarlarining 
mas'ul muharriri. M.Xayrullaev Forobiy ijodini qayta kashf etgan olim. U Forobiy ijodidagi 
materializm va idealizmni bir-biri bilan aralashtimaslik kerak deb hisoblaydi. Uning fikricha, 
Forobiy tomonidan Xudoning tan olinishi idealizm bo‘lsa, astronomiya, matematika, mantiq 
sohasidagi kashfiyotlari materializmdir. Chunki bu sohalarda narsalar yo‘qdan bor bo‘lmaydi, 
bordan yo‘q bo‘lmaydi. Masalan, yer, Quyosh, Oy, sayyoralar harakatlari orasidagi 
munosabatlarning ob'ektivligi doimo bir xildadir
39
. M.Xayrullaev kommunistik mafkura 
hukmron bo‘lgan davrda, Forobiy idealizmini tan ola oldi va uning ijodidagi idealistik va 
materialistik g‘oyalarni sharhladi. M. Xayrullaev yetuk olim bo‘lish bilan bir qatorda jamoatchi 
ham edi. U uzoq yillar davomida O‘zFA “Sharqshunoslik” institutida direktor lavozimida va 
“O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar” jurnalining mas'ul muharri lavozimida ishlagan. 
Baratov Mo‘bin (1934-2005) akademik, falsafa fanlari doktori, professor. Asosiy 
ilmiy ishlari Markaziy Osiyo mutafakkirlarining falsafiy merosini o‘rganishga bag‘ishlangan. 
Jumladan, uning “Ibn Sino falsafasi” asarida buyuk mutafakkir ijodining yangi qirralari ochib 
berilgan. Mo‘bin Baratov har qanday jamiyatni harakatlantiruvchi kuch ma'naviy omil deb 
ta'kidlaydi va o‘zbek xalqida tarixan ma'naviy qadriyatlarga sodiqlik shakllangan, hozirgi kunda 
ularni davr ruhiga moslashtirish lozim, deb hisoblagan.
Tursunmuhamedov Sattar Pozilxaqovich (1929) akademik, falsafa fanlari doktori, 
professor. Asosiy ilmiy ishlari sanoat va qishloq xo‘jalik mehnati, ijtimoiy guruhlar, tabaqalar, 
mulkdorlar sinfining shakllanishi, ijtimoiy jarayonlar, jamiyatning siyosiy tizimi, mustaqillik 
yillarida esa, bozor iqtisodiyoti munosabatlari sharoitida kuchli ijtimoiy siyosatning ahamiyati 
masalalariga bag‘ishlangan. 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling