Falsafaning prеdmеti, mazmun va mоhiyati, jamiyatdagi rоli
«Falsafa» tushunchasining kelib chiqishi
Download 177 Kb.
|
1 mavzu Topshiriqlari
«Falsafa» tushunchasining kelib chiqishi. Har qanday nomalum soz mazmunini uning etimologiyasidan, yani u qachon, qanday va nima uchun yuzaga kelganini aniqlashdan boshlash orinli boladi. «Falsafa» tushunchasi yunoncha phileo sevaman va sophia donolik sozlaridan kelib chiqqan bolib, mazkur atamaning dastlabki manosini donolikka muhabbat deb talqin qilish mumkin. Falsafa sozini ilk bor qadimgi yunon mutafakkiri pifagor miloddan avvalgi VI asrda tayyor holda (afsonalar, rivoyatlar, ananalar orqali) avloddan-avlodga otuvchi bilim va inson oz aqliga tayanib, mushohada yuritish va borliqni tanqidiy tushunish yoli bilan olishi mumkin bolgan bilimni farqlash maqsadida ishlatgan.
Shuni takidlash lozimki, pifagor ham, qadimgi davrning boshqa faylasuflari ham dastlab «falsafa» tushunchasiga uning keyinchalik paydo bolgan va mohiyat etibori bilan, falsafani «barcha fanlar podshosi» darajasiga kotargan manosidan boshqacharoq mano yuklaganlar. Ammo ilk faylasuflar ozlarini donishmand deb hisoblamaganlar va donolikka davo qilmaganlar, zero, osha davrda keng tarqalgan tasavvurga kora, haqiqiy donishmandlik ajdodlardan meros qolgan, asrdan asrga otib kelayotgan afsonalar, din va rivoyatlarda mujassamlashgan. Donishmandlar deb, asrlar sinovidan, eng songgi haqiqat manbai sifatidagi bilimlarga ega bolgan bashoratgoylar, kohinlar va oqsoqollar etirof etilgan. Ularning sozlari birdan-bir togri deb qabul qilingan. Faylasuf esa, qadimgilar fikriga kora, izlanuvchi, donishmandlik muxlisi bolishi, etiqod sifatida qabul qilingan tayyor haqiqatlarga emas, balki oz aqliga tayanib, ijodiy yol bilan, shuningdek boshqa faylasuflar tomonidan olingan bilimlar va tajribadan foydalangan holda maqsadga intilishi lozim bolgan. Download 177 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling