Falsafaning prеdmеti, mazmun va mоhiyati, jamiyatdagi rоli
Falsafa shakllanishining asosiy bosqichlari
Download 177 Kb.
|
1 mavzu Topshiriqlari
Falsafa shakllanishining asosiy bosqichlari. Falsafa haqida gapirish inson dunyoqarashi, uning oqilona fikrlash qobiliyati haqida, binobarin, uning mohiyati va Yerda paydo bolish tarixi haqida gairish demakdir. Bu yerda biz hali kam organilgan murakkab muammolarga duch kelamiz, zero insonning kelib chiqishi odamlar doim javobini toishga harakat qilgan buyuk jumboqlardan biri hisoblanadi. Ammo bilimning bu sohasida yechilmagan muammolar bugungi kunda ham bisyor. Xususan, inson nima uchun, qaerdan, qaysi sabablarga kora paydo bolgan, degan savolga aniq, umumiy etirof etilgan javob hanuzgacha mavjud emas. Xuddi shuningdek, aql faqat insonga xosmi yoki uning inson borligida mavjudligi obektiv borliqning bir parchasi, ayrim hodisasimi?, degan savol ham hali oz javobini toganicha yoq.
Binobarin, insoniyat tarixi haqidagi hozirgi ilmiy tasavvurlar nuqtayi nazaridan ayrim masalalar mavjud bolib, ular xususida olimlar va mutaxassislar malum bir toxtamga kelganlar. Xususan, boy tarixiy material, arxeologiya fani olgan daliliy malumotlari, shuningdek boshqa fanlarning metodlari bilan olingan natijalar (masalan, jinslar, foydali qazilmalar yoshini aniqlash va sh.k.)ni etiborga olgan holda, ishonch bilan inson sayyoramizda hayotning tadrijiy (evolyutsion) rivojlanishi mahsulidir, deb qayd etish mumkin. Hozirgacha mavjud bilimlar oddiy mehnat qurollarini yasagan insonsimon mavjudotlarning (lot. homo habilis uquvli odam) qadimgi manzilgohlari taxminan 3-5 mln yil oldin paydobolgan, degan xulosaga kelish imkonini beradi. Arxeologik va ilmiy malumotlarga kora, qaddini tik tutib yuradigan odam yoshi taxminan 1,5 mln yilni tashkil etadi. Homo saiens, yani aqlli odamlar tii atigi 40-60 ming yil oldin vujudga keldi. Mutaxassislar fikricha, insonda ong paydobolib, ijtimoiy mavjudot sifatida uzil-kesil shakllanganidan beri, uning asosiy xususiyatlarida jiddiy ozgarishlar yuz bergani yoq, yani u hozirgi odamlardan deyarli farq qilmaydi. Ong paydobolishi esa, ilmiy tasavvurlarga muvofiq, inson tarixiy rivojlanishining odam miyasi osib borayotgan mehnat faolligi va verbal (nutq orqali) muloqot tasirida ota rivojlanib, murakkab mavhumliklarni tushunadigan darajaga yetgan davri bilan boglanadi. SHunday qilib, inson tushunchalarga tarif berish, mulohazalar bildirish va mushohadalar yuritish yoli bilan sodda, lekin sozning tola manosida aqliy ish olib bora boshladi. Download 177 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling