Falsafaning prеdmеti, mazmun va mоhiyati, jamiyatdagi rоli
Download 177 Kb.
|
1 mavzu Topshiriqlari
Dunyoqarashning mohiyati. Ayni shu davrdan boshlab insonning ancha rivojlangan dunyoqarashi shakllangani haqida va umuman toplangan bilimlar, amaliy konikmalar, vujudga kelgan qadriyatlar, ozi va ozini qurshagan dunyo haqidagi tasavvurlar majmui sifatidagi odamlar dunyoqarashi togrisida ishonch bilan soz yuritish mumkin.
Hayot tajribasi va empirik bilimlar asosida shakllanadigan dunyoqarash oddiy yoki empirik dunyoqarash deb ataladi va insonning dunyo haqidagi tasavvurlarining qismlarga ajralmagan, tizimsiz majmui sifatida amal qiladi. U har qanday dunyoqarashning negizi hisoblanadi va odamlarga kundalik hayoti, faoliyatida yol korsatib, ularning xulq-atvori, aksariyat qilmishlarini belgilab, muhim regulyativ funksiyani bajaradi. Toliqroq, kengroq tarif beradigan bolsak, dunyoqarash insonning ozini qurshagan borliqqa va oz-oziga bolgan munosabatga nisbatan yondashuvlar tizimi, shuningdek odamlarning mazkur yondashuvlar bilan belgilangan hayotiy ideallari, etiqodlari, bilish va faoliyat tamoyillari, qadriyat va moljallaridir. SHu tariqa tariflanadigan dunyoqarash faqat insonga xos bolib, bu unda shakllangan ong va oqilona faoliyat mavjudligi bilan bogliqdir. Bunda inson nafaqat tushunchalar yaratish va mulohaza yuritish, xulosalar chiqarish va qoidalarni tariflash qobiliyatini kasb etadi, balki tayyor bilimdan yangi bilim olish uchun foydalana boshlaydi. Insonning bunday faoliyatini, uning ijodiy faolligini tavsiflovchi aql odamzod va jamiyat evolutsiyasini jadallashtirishning qudratli omiliga aylanadi va pirovardda insonni hayvondan ajratish imkonini beruvchi asosiy belgi sifatida amal qiladi. Download 177 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling