Falsafiy ta


Download 38.36 Kb.
bet4/11
Sana06.05.2023
Hajmi38.36 Kb.
#1435430
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3. Falsafiy tafakkur bosqichlari, G\'arb falsafasi

G‘oyalar dunyosi - moddiy bo‘lmagan dunyo bo‘lib, u makon va zamondan tashqaridadir. Bu dunyo mutloq o‘zgarmas haqiqatlardan tarkib topadi. Masalan, go‘zal bog‘ bor, go‘zal gilam va go‘zal qomatli qiz bor. Bu bir-biridan tubdan farq qiluvchi narsa va hodisalarda go‘zallik tushunchasi va uning mazmuni mavjud. Go‘zallik tushuncha, g‘oya, namuna sifatida yoki konkret narsa va hodisalarda ko‘rinadigan go‘zalliklarni keltirib chiqaradigan sababchi sifatida namoyon bo‘ladi. Xuddi shuningdek umumlashtiruvchi tushunchalar har bir son bo‘yicha ham bor bo‘lib, ular ezgulik, adolat, nohaqlik, yomonlik, munosabat, xossa, sifat, voqeliq zarurat va h.k. tapzida ana shu narsa va hodisalarning mohiyatini o‘zida mujassamlashtiradi. Tushunchalar mohiyatini biz aql bilan, dialektika yordamida anglab olamiz. Dialektika - bahs munozara qilish yo‘li bilan haqiqatga yetishish uslubi deb tushuniladi. Bundan haqiqatni (narsalar mohiyatini, g‘oyalar dunyosini) ilohiy qobiliyatlar yo‘li bilan emas, balki aql yordamida ham anglashimiz mumkin, degan xulosa chiqadi. Demak, Aflotun fikricha, ikki dunyo mavjud: haqiqiy dunyo - bu narigi dunyo bo‘lib, siz bilan biz hayot kechirayotgan dunyomiz haqiqiy dunyoning hosilasi, soyasidir. Chunki g‘oya, fikr, aqldan tashkil topgan dunyo haqiqiy dunyo ekan, unga qarama-qarshi dunyo moddiy narsa va hodisalardan tashkil topadi. O‘z-o‘zidan kelib chiqadiki, moddiy bo‘lmagan ruh, g‘oya, tushunchalar birlamchi, moddiylikdan tashkil topgan, o‘tkinchi dunyo esa - ikkilamchidir. Ruh, g‘oya, tushunchalar, garchi biz yashayotgan dunyodagi jarayonlarga sababchi bo‘lsada, ana shu jarayonlarda bevosita ishtiroq etmaydi. Ular (ruh, g‘oya) kishilarning jonlarida, ruhiyatida bevosita qatnashadilar. Tanamizni harakatga keltiradigan, boshqaradigan jon bevosita g‘oyalar dunyosi to‘g‘pisidagi bilimlarni o‘zida mujassamlashtiradi. Chunki, jon bizning tanamizga ko‘chib bo‘lgun-cha g‘oyalar dunyosida yashagan va g‘oyalar dunyosini tashkil etgan narsa va hodisalarning asl mohiyatlari bilan muloqotda bo‘lgan. Demak, g‘oyalar dunyosini narsa va hodisalarni hosil qilish yo‘li bilan emas, balki g‘oyalar dunyosi ko‘rsatib bergan aql yordamida anglab boramiz.. Jon g‘oyalar dunyosini bilish jarayonida o‘zining tana qafasiga tushmasdan oldingi holati davridagi tayyor bilimlarni qaytadan eslash va ilg‘ash yo‘li bilan g‘oyalar dunyosining asl mohiyatinii anglay boshlaydi. Narsalarni bilib olamiz, g‘oyani esa ilg‘ab olamiz, degan gap shundan qolgandir.
Bizning jonimiz doimo mavjud bo‘lgan, lekin hamma vaqt ham inson tanasida va qiyofasida emas. Shuning uchun ham jonimiz, agar u to‘g‘pi shakllantirilgan savollar orqali kerakli tomonga yo‘naltirilsa, kishi tanasiga kirguncha bo‘lgan davri holatidagi tayyor haqiqatlarni eslab, ilg‘ab olishi mumkin. Ana shunday yo‘l bilan Aflotun moddiy bo‘lmagan g‘oya, fikrlarning moddiy olamga aralashishi mumkinligini asoslab berishga harakat qilgan.
Arastu - (Aristotel, eramizdan oldingi 384-322 yillarda yashagan) buyuk yunon faylasufi. Aflotunning shogirdi bo‘lgan Arastu ustozi Aflotunning g‘oyalar dunyosi to‘g‘pisidagi qarashlariga e’tiroz bildirgan. Uningcha g‘oya albatta bor, mavjuddir. G‘oyalar, hatto narsalar va hodisalardagi jarayonlar uchun sabab bo‘ladi. Lekin Arastu fikricha, g‘oya, fikr, tushuncha narsa yoki hodisalarning o‘zida mavjud bo‘lishi kerak. Ha, agar g‘oya (tushuncha) mavjud dunyomizdan tashqarida bo‘lsa, unda qanday qilib dunyodagi narsa va hodisalarni aniqlaydi?". G‘oya (tushuncha)lar narsalarga xos bo‘lgan jihatlarning umumiyligini aks ettiradi.
Demak, agar tushuncha (g‘oya, fikr) narsalarning umumiy tomonlari bo‘lsa, u vaqtda narsalarning aniq shakllari ham shu narsa yoki hodisaning o‘ziga tegishlidir degan xulosa kelib chiqadi. Apactu qarashlarini yanada soddalashtiradigan bo‘lsak, unda har bir narsa yoki hodisa konkret "shakl" va "mazmun"ga ega bo‘ladi. Narsalarning shakli ana shu narsa yoki hodisaning mohiyatini belgilaydi. Masalan, misdan yasalgan sharni olaylik, uning sharsimon (dumaloq,)ligi shakl bo‘lib, mazmuni uning misdan yasalganligidir. Apacu fikri bo‘yicha:

  • birinchidan, - olam yagona. U ruhiy hamda moddiydir. Shu bilan birga real mavjuddir;

  • ikkinchidan, - real mavjud dunyoning narsalari va hodisalarining mohiyatini narigi, G‘oyalar dunyosini o‘rganish orqali emas, olamning o‘zini o‘rganish orqali anglab olishimiz mumkin.;

  • uchinchidan, - bilish jarayonining ob’ekti qilib mavhum, abstrakt sxemalarnigina emas, balki narsalar va jarayonlarning o‘zini qo‘yishimiz kerak. Ana shundagina ilm-fan real narsalarni o‘rganishi orqali ma’lum ma’no kasb etadi

Fan - bu tushunchalardagi tafakkurdir. Tushunchalarning harakati muayyan qonuniyat va sxemalarda o‘z aksini topadi. Bu qonuniyat va sxemalar ilm-fan va tafakkurning asosiy qurollaridir. Tushunchalar harakatining sxemalari va qonuniyatlari mantiq fani orqali o‘rganiladi. Demak, mantiq (logika) fanning ham, tafakkurning ham qurolidir. Mantiqni ma’lum darajada qobiliyati mavjud bo‘lgan har bir kishi o‘rganishi mumkin. Bundan biz mavjud dunyomizdagi narsa va hodisalar hamda ularda kechayotgan jarayonlarning mohiyatini bilib olishimiz mumkin, degan xulosa chiqariladi.
Apactu falsafasini odatda "realizm" falsafasi bilan aynanlashtiriladi. U narigi dunyoning mavjudligini inkor etadi. Mavjud olamdagi barcha narsalar va hodisalarning kelib chiqishini ham moddiy, hamda ruhiy asoslarga taqaydi. Moddiy borliqni esa suv, havo, yer, olovdan iborat to‘rt unsurdan tarkib topadi, deb tushuntiradi. Ko‘pgina faylasuflar undagi bu qarashlarni bevosita Avesto va zardo‘shtiylik dunyoqarashining ta’siri ostida shakllangan deb ham hisoblashadi.
Arastu o‘zigacha bo‘lgan ilmlarni tasnifladi. Bunda u falsafani (metafizikani) borliqning mohiyati, birinchi sabablarini o‘rganuvchi, dunyoqarash mazmuniga ega alohida fan sifatida asosladi. Shuningdek, u o‘zining falsafasida ungacha bo‘lgan falsafiy ta’limotlarni sintez qildi, umumlashtirdi va shu tariqa uni yuksak pog‘onaga ko‘tardi.
Arastuning falsafiy ta’limoti falsafaning jamiyat hayotida tutgan o‘rnini va ahamiyatini aniq belgilab berishga xizmat qildi. Shundan keyin falsafiy tafakkur taraqqiyoti Arastuning o‘lmas falsafiy merosiga tayanib, o‘zining kelgusi rivojini dadil davom ettirdi.

Download 38.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling