Falsafiy ta


Download 38.36 Kb.
bet1/11
Sana06.05.2023
Hajmi38.36 Kb.
#1435430
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3. Falsafiy tafakkur bosqichlari, G\'arb falsafasi


FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI: G‘ARB FALSAFASI
REJA:
1. Qadimgi Yunon falsafasi.
2. O‘rta asrlar va uyg‘onish davri falsafasining o‘ziga xos xususiyatlari.
3. Yangi davr falsafasining tabiiy-ilmiy asoslari.
4. Hozirgi zamon jahon falsafasi.


Qadimgi Yunon falsafasi. Qadimgi yunon falsafasini naturfalsafiy, mumtoz va ellinizm davrlariga bo‘lish mumkin.
Yunonlardan chiqqan va etirof etilgan dastlabki faylasuf Fales (eramizdan oldingi 624-547 yillar­da yashagan) bo‘lib, u Milet shahrida istiqomat qilgan. Fales dunyoqarashida misrliklarning ta’siri salmoqli bo‘lgan. U Misrda o‘rganib kelgan dunyoning asosida suv yotadi, hamma narsa suvdan kelib chiqadi va yana suvga aylanadi, degan ta’limotni targ‘ib qila boshlagan.
Falesning shogirdlaridan Anaksimen (eramizdan oldin­gi 588-525 yillar) havoni hamma narsaning asosi deb tushungan. Ya’ni, havo quyuqlashsa suv, yanada quyuqlashsa yer, tosh va boshqa moddiy jismlar vujudga keladi, agar havo siyraklashsa olov vujudga keladi, deb ishontirishga harakat qilgan. Shu maktabdan chiqqan Falesning shogirdi Anaksimandr (eramizdan oldingi VII asr oxiri VI asr o‘rtalarigacha yashagan deb taxmin qilinadi) dunyo hidi, rangi, shakli yo‘q qandaydir gazsimon holatdagi apeyrondan iborat deb hisoblagan. Issiqlik va sovuqlik, quruqlik va namlik apeyrondan ajralib chiqib, moddaning bir holatdan boshqa holatlarga o‘tishini ta’minlaydi, deb da’vo qiladi.
Efeslik Geraklit (eramizdan oldingi 520-460 yillarda yashagan) olamning asosida olov yotadi deb chiqqan. Lekin uning falsafiy tafakkur taraqqiyotidagi xizmati shundan iborat bo‘lganki, u hamma narsa o‘tkinchi, o‘sish va o‘zgarishda, olamdagi narsa va hodisalar doim harakatda va rivojlanishda ekanligini ta’kidlagan.
Pifagor Yunonistonning Samos orolida yashab, (eramizdan oldingi 580-500 yillar) sharq falsafiy fikrlari ta’sirida ob’ektiv idealizm (dunyonining asosida shaxssiz ruh yotadi deb xisoblovchi ta’limot)ning g‘oyalarini ilk bora shakllantirishga harakat qilgan. Er.old. 525 yilda Misrda bo‘lgan paytida Eron saltanatining hukmdori Kambiz Misrni istilo qilgan. Pifagor ham asirga olinib, qadimgi Bobil shahrida er. oldingi 525-513 yillarda otashparastlar bilan birga yashagan. U tabiatdagi narsa va hodisalardan oldin ana shu narsa va hodisalarning geometrik shakllari hamda raqamlargina mavjud bo‘lgan degan xulosaga keldi.

Download 38.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling