Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: G‘arb falsafasi. (2 soat)


Download 44.15 Kb.
bet2/11
Sana05.01.2022
Hajmi44.15 Kb.
#233086
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ФАЛСАФА 2МАВЗУ

XVIII-XIX asr nemis falsafasi.

.Kantning nazariy-falsafiy faoliyatini ikki davrga bo‘lib o‘rganish mumkin. Birinchisi 1746 yillarda 1760 yillarning oxirlarigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi va bu vaqt “tanqidiy davrgacha” bo‘lgan davr deb ataladi. Ikkinchi davri 1770 yillarning Kant faoliyatining oxirlarigacha bo‘lgan muddatni o‘z ichiga oladi. Kant 1770 yildan keyngi davrda yozgan asarlarida inson bilish qobiliyatini tanqidiy analiz qiladi. SHuning uchun bu davr “tanqidiy davr” deb ataladi. Kant o‘z faoliyatining birinchi davrida tabiatshunoslik sohasida katta xizmat qildi. Ayniqsa, u o‘zining kosmogonik gipotezasini yaratadi. Quyosh sistemasining, jumladan, Er planetasining paydo bo‘lishi va va rivojlanishini ilmiy tushuntirishga urinadi. Bu borada u o‘zidan avval o‘tgan tadqiqotchilar Kopernik, Galiley va Nyutonlarning kashfiyotlarga asoslanadi.

U 1760 yilning ikkinchi yarmida tabiat filosofiyasidan, borliq haqida masalalardan bilish nazariyasi masalalariga o‘ta boshladi, ya’ni inson bilish qobiliyatini tanqidiy analiz qila boshladi. SHuning uchun XVIII asrning 70-yillaridan Kant faoliyatida yangi bir davr- “tanqidiy davr” boshlandi. Bu davrda yozgan “Sof aqlni tanqid” (1781), “Praktik aqlni tanqid” (1788). “Mulohaza qobiliyatini tanqid” (1790) asarlarda. Kant asosiy e’tiborni idealistik bilish nazariyasini yaratishga qaratdi. Kant bilish nazariyasi kishi bilimining mazmuni sof aqlning, ongning mahsuli emas, bakli u bizning ongimizdan tashqarida mavjud bo‘lgan narsalarning sezgilarimizga ta’siri natijasidir. Kant “narsa o‘zida” ning faqat mavjudligini tan olib, lekin uning mohiyatini bilish mumkinligini inkor qilganda, Kantning “narsa o‘zida” tushunchasi, quruq, abstrakt tushuncha bo‘lib, idealistik ma’noga ega bo‘ladi. Kant bilish professida mohiyat va hodisani bir-biridan ajratib talqin qiladi. “Narsa o‘zida” ongdan tashqarida ob’ektiv ravshida o‘z-o‘zicha mavjud bo‘lib, bizning sezgilarimizning, his-idroklarimizning manbaidir, ammo bu sezgilarda, “narsa o‘zida” aks etmaydi. “Narsa o‘zida”. Kant ta’limoticha sirli, bilib bo‘lmas mohiyati sifatida inson bilish qobiliyatidan tashqaridir.


Download 44.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling