Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: G‘arb falsafasi. (2 soat)


Download 44.15 Kb.
bet6/11
Sana05.01.2022
Hajmi44.15 Kb.
#233086
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ФАЛСАФА 2МАВЗУ

Empiriokrititsizm pozitivizmning ikkinchi tarixiy shakli sifatida XIX–XX asrlar chegarasida yuzaga keldi. Uning eng mashhur namoyandalari – E.Max (1838-1916) va R.Avenarius (1843-1896). Ilk pozitivizmdan farqli o‘laroq, empiriokrititsizm falsafaga «ikkinchi pozitivizm»ni sintez qiluvchi fan sifatida yondashadi, uni bilish nazariyasiga bog‘laydi. Empiriokrititsizm «tajriba tanqidi» degan ma’noni anglatadi va «tajribani metafizik tabiatni o‘zgartiruvchi barcha qoidalardan tozalash»ni nazarda tutadi. E.Max fikriga ko‘ra, tajriba amalda «dunyo elementlari» hisoblanuvchi sezgilardan iboratdir. Binobarin, pozitivizm o‘zining maxizm shaklini kasb etgan ikkinchi bosqichida butun falsafiy faoliyatni inson tajribasi hissiy asosining ruhiy-fiziologik shakllari tahliliga bog‘ladi. Maxizm falsafasida dunyo «sezgilar majmui» tarzida namoyon bo‘ldiki, bu materializmdan butunlay voz kechilishi, ingliz faylasufi Berklining sub’ektiv idealizmi o‘ziga xos tarzda tiklanishini anglatadi. Xullas, ikkinchi pozitivizm yaratuvchilari bilish jarayonining nazariy modelini tuzishga harakat qildilar.


Download 44.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling