Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: G‘arb falsafasi. (2 soat)


Download 44.15 Kb.
bet3/11
Sana05.01.2022
Hajmi44.15 Kb.
#233086
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ФАЛСАФА 2МАВЗУ

Gegel falsafasi. Georg Vilgelm Fridrix Gegel (1770-1831) nemis klassik falsafasining yirik namoyondalaridan biridir. Uning falsafiy qarashlari “Logika fani” (1812-1816), “Falsafiy fanlar ensiklopediyasi” (1817), “Huquq falsafasi” (1821), “Falsafa tarixi bo‘yicha leksiyalar” (1833-1836), “Tarix falsafasi” (1837), “Estetika bo‘yicha leksiyalar” yoki “San’at falsafasi” (1836-1838) kabi asarlarida ifodalangan.

Gegel falsafasi XVIII asr oxiri va XIX asr boshlaridagi namis idealistik falsafasining so‘nggi bo‘g‘ini va eng yuqori cho‘qqisi edi. Gegel olam ruhini tabiat va jamiyatdagi barcha hodisalarning asosi deb, falsafaning asosiy masalasini ob’ektiv idealizm nuqtai-nazaridan hal qiladi.

Gegel nemis klassik falsafasidagi idealistik qarashlarni davom ettirib, Kant falsafasidagi materializm elementlarni va Kant ognostitsizmini tanqid qiladi. Gegel Kantning “narsa o‘zida” ni bilish mumkin emasligi haqidagi agnostik g‘oyalarini tanqid qilib, “narsa o‘zida” bilan inson aql-zakovati o‘rtasida hech qanday o‘tib bo‘lmas to‘siq yo‘q, deb borliq va tafakkurning aynanligini ta’kidlaydi.

Gegel o‘zining ijtimoiy-siyosiy qarashlarida hukmron sinf (nemis burjuaziyasi) manfaatlaridan kelib chiqib, demokratik g‘oyalarga qarshi kurash va pruss davlatida oliy axloqiy erkinlik amalga oshgan, aql esa voqelikka aylangan deb hisoblaydi. Gegelning tushuntirishicha, kishilik jamiyati ruh rivojlanishining eng yuqori bosqichidir. SHuning uchun jamiyat tarixi taraqqiyoti ham idealistik pozitsiyadan ruhning rivojlanishi sifatida mistiklashtirib tushuntiriladi. Gegel o‘z ijtimoiy-siyosiy qarashlarida (ular “Ruh falsafasi”, “Huquq falsafasi”, “Tarix falsafasi” asarlarida bayon qilingan) o‘ziga zamondosh narsalarning aqlga muvofiqligini asoslashga urinib, reaksion pruss davlat tuzumini mutloq ruhning oliy ifodasi deb hisoblaydi. Gegel qarashlarining reaksion va konservativ tomoni ham ana shunda edi.




Download 44.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling