Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: G‘arb falsafasi. (2 soat)


Download 44.15 Kb.
bet9/11
Sana05.01.2022
Hajmi44.15 Kb.
#233086
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ФАЛСАФА 2МАВЗУ

Tomas Kunning (1922-1996) epistemologik konsepsiyasi uning «Ilmiy inqiloblar strukturasi» asarida ifodalangan bo‘lib, bu erda u pozitivistik an’analarni tanqid qiladi.

 T. Kun fikriga ko‘ra, fan tarixi epistemologiyaning bazisi va asosiy materialiga aylanishi lozim. Fan – bilimlar tizimi emas, balki avvalo ilmiy hamjamiyatlar faoliyatidir. Muammo bunday qo‘yilganida falsafa fanining dastlabki nuqtai nazarlari va xatti-harakatlarida mujassamlashgan alohida normativlik va mantiqiy-metodologik mustaqillikka ega bo‘lgan barcha da’volar o‘z ahamiyatini yo‘qotadi. Ular ilmiy hamjamiyat faoliyatining asosiy usuliga, uning zaminida shakllangan fan matritsasi va paradigmasiga bog‘liq bo‘lib qoladi. T.Kunning «Ilmiy inqiloblar strukturasi» asari ta’sirida ilmiy hamjamiyat tushunchasi fanning barcha sohalaridan mustahkam o‘rin oldi. Fanning o‘zi g‘oyalar tizimining rivojlanishi sifatida emas, balki ilmiy hamjamiyat faoliyatining mahsuli sifatida tushunila boshlandi.

Ilmiy hamjamiyatni ma’lum ixtisoslikka va o‘xshash ilmiy tayyorgarlikka ega tadqiqotchilar tashkil etadi. Ilmiy hamjamiyat vakillari, odatda, o‘xshash kasbiy ko‘nikmalarga ega va ilmiy adabiyotlarning muayyan majmuini o‘zlashtirgan bo‘ladi. Ilmiy hamjamiyat bu muayyan bilim sohasi mutaxassislarining hamjamiyati yoki muayyan ilmiy muammoni o‘rganuvchi tadqiqotchilar guruhidir.

Kun o‘zining paradigma konsepsiyasini har tomonlama himoya qiladi. «Paradigma» deganda u ma’lum vaqt mobaynida ilmiy hamjamiyatga muammolarni qo‘yish va echish andozasini beruvchi keng e’tirof etilgan ilmiy yutuqlarni tushunadi. Paradigma ilmiy hamjamiyat tomonidan qabul qilingan va ilmiy an’ananing mavjudligini ta’minlovchi e’tiqodlar, qadriyatlar va texnika vositalari majmuini anglatgani bois, Kun fundamentalizm tamoyillarini rad etadi. Ilmiy paradigmaga bog‘liq bo‘lmagan omillar yo‘q va bo‘lishi mumkin emas. Uning fikricha, kuzatishning empirik jihatdan neytral tili ham bo‘lishi mumkin emas. Ilmiy hamjamiyatga qo‘shilgan olimlar dunyoga qabul qilingan paradigma nuqtai nazaridan qaraydilar. Zero dalillar nazariyani belgilamaydi, balki nazariya o‘zining anglab etilgan tajribasiga kirishi mumkin bo‘lgan u yoki bu dalillarni tanlaydi. Kun yangi paradigma rivojlanishining dastlabki bosqichida uning tarafdoriga aylangan odam bu paradigmaning muvaffaqiyatiga ishonishi lozim, deb hisoblagan.

Paradigma strukturasiga nimalar kiradi?

Birinchidan, simvolik umumlashtirishlar - qonunlar, ta’riflar va ko‘p ishlatiladigan atamalar.

Ikkinchidan, universumning u yoki bu ontologiyasini belgilovchi metafizik mo‘ljallar majmui.

Uchinchidan, ayrim vazifalarni echishning umumiy qabul qilingan andozalari, sxemalari.

Kun paradigmani o‘lchash mumkin emas, degan tezisni ilgari suradi. U fanning rivojlanish tarixidagi vorisiylikni rad etadi. Fan dinamikasini uzluksiz emas, balki uzlukli deb biladi. Uning fikriga ko‘ra, ilmiy hamjamiyatlar bir-birini siqib chiqaradi, oldingi paradigma to‘plagan bilimdan esa voz kechiladi.


Download 44.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling