Fan : Algebra


Download 0.57 Mb.
bet2/2
Sana16.06.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1494418
1   2
Bog'liq
5sinf ochiq dars

Tashkiliy qism: O`quvchilar bilan salomlashish. Davomatni tekshirish. Zarur va ko`rgazmali qurollarni va jihozlarni darsga hozirlash. O`quvchilarni raqamlashtirish.

Mavzuni so'rash:
O’tilgan mavzularni takrorlash: Mavzu "Auktsion "usuli yordamida so'raladi.
Bu usul 2 bosqichda amalga oshiriladi.

  1. bosqichda: O'qituvchi darsni boshlashdan oldin, o’yin darsning mohiyatini va shartlarini tushuntirib beradi va hakamlar tomonidan har birining to’lanadigan ballari va hisobidagi mablag’i hisoblanib boriladi. Birinchi bosqich og’zaki bo’lib, bunda o’quvchilarning topqirligi tekshiriladi. Savollar quyidagicha:

  1. Xalq xotirasiga ta’rif bering.

  2. Nimalarda xalqning ma’naviy merosi saqlanadi?

  3. Madaniy merosning nechta shakli bor va ular qaysilar?

  4. Ma’naviy meros nima?

  5. Sumalak bizga meros bo’la oladimi?

  6. Shashmaqomni biz meros deb atay olamizmi?

  7. 9-may kunini bayram sifatida nishonlashdan maqsad nima?

  8. G’alaba bog’i qachon va qay tarzda tashkil topdi?

  9. Munavvarqori Abdurashidxonov kim?

  10. Munavvarqorining “Ikkinchi ustoz” deb nomlangan kitobida nimalar haqida gapirilgan?

  11. Registon so’zining ma’nosi nima?

  12. Registon ansambli qayerda joylashgan va uning tarkibini ayting.

  13. Registon ansambli qachon UNESCO ning butun dunyo yodgorliklar ro’yxatiga kiritilgan?

  14. O’zbekiston Respublikasi Konistitutsiyasining 49-moddasida nima haqida so’z boradi?

  15. O’zbekiston mustaqil mamlakat sifatida qachon UNESCO ga a’zo bo’ldi?



2-bosqichda o’qituvchi savollarni e’lon qiladi. O’quvchilar esa sotib olgan savollarini doskaga javoblarini yozishadi.
Savollar quyidagicha:

  1. Kattalarga hurmat, kichiklarga izzat deganda nimani tushunasiz?

  2. Bu uzuk menga buvimdan qolgan u qimmatbaho emas, ammo men uchun qadrli bo’lgan inson haqidagi xotiralarni saqlaydi – buyerda gap nima haqida ketyapti?

  3. Men o’z oilam va yaqinlarimni hurmat qilaman sababi, … davom ettiring.

  4. Milliy an’ana va qadriyatlarga misollar keltiring.

  5. Navro’z haqida fikringizni bayon qiling.

Savollarga javoblar berilganidan so’ng, hakamlar ballarni e’lon qiladi va o’qituvchi baholaydi.
Aziz o`quvchilar sizlardan albatta, kelajakda yurtimiz, vatanimiz ravnaqi yo`lida o`z bilimini ayamaydigan ajoyib tadbirkorlar, bank xodimlari va muhandislar chiqadi degan umiddaman.

Uyga vazifa: Mavzularni yaxshilab takrorlash

Dars so`ngida o`quvchilar baholandi va baholar kundalikka qo`yiladi.


Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling