Fan : biologiya mavzu: bargning ichki tuzilishi


Download 0.79 Mb.
bet7/7
Sana24.11.2021
Hajmi0.79 Mb.
#176832
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
TAQDIMOT BIOLOGIYA

Chaqiriq.

  1. Bargning ichki tuzulishi deganda nimalar ko‘z oldingizga keladi.

  2. Barg nima uchun doimo yashil rangda.

  3. Barg tomirlari qanday vazifa bajaradi.

  4. Bargning eng muhim vazifalaridan biri.

  5. Barglarning etini tuzulishi nimaga bog‘liq.

Yordamchi so‘z “Antotsion”.

Barglarning ichki tuzulishi, ularning bajaradigan vazifasiga bir muncha mos keladi.

Bargning tashqi sharoitga moslashuvchi organi ekanligi, uning ichki tuzulishida aniq ifodalangan. Bargning ichki tuzulishiga undagi ayrim organoidlarning tarkibi va ularning joylashishi tartibiga suv rejimi, yorug‘lik, harakat, shamol, tuproq sharoiti, dengiz sathidan balandlikda joylashishi va boshqa omillar sezilarli darajada ta’sir qiladi. Shuning uchun bargning ichki tuzulishi, hatto bir o‘simlikning o‘zida ham farq qiladi. Barg sirtining ham ostki, ham ustki tomoni epidermis bilan qoplangan. Epidermis hujayralari bargda suv bug‘lantirishni va havo almashinib turushni to‘g‘ri ta’minlab boradi. Bu hujayralar oraliqsiz zich joylashib, u bargni qurib qolishidan hamda tashqi fizik mexanik ta’sirlardan, shuningdek, bargning ichki hujayralari mezofillga mikroorganizmlarni kirishidan saqlaydi. Ayrim o‘simliklarni (piyoz boshi, begoniya, trodeskansiya) ustki epidermis hujayralarida antotsion pigmentlari bo‘lib, bargni, barg bandini har-xil ranga bo‘yaydi. Barg epidermisi xoh rangsiz, xoh rangli bo‘lsin o‘zidan bemalol quyosh energiyasini o‘tkazadi. Ostki epidermis hujayralari orasida ko‘pgina

ustitsalar joylashadi.




11

10



1. Epidermis. 2. Kollenxema hujayralari. 3. Ustunsimon assimilyasion to‘qima. 4. Bulutsimon assimilyasion to‘qima.5. Asosiy parenxema hujayralari. 6. Elaksimon naylar. 7. Floema qavatini qoplab turuvchi hujayra. 8. O‘tkazuvchi hujayralar. 9. Ajratuvchi hujayra. 10. Ustitsa (barg og‘izchasi). 11. Bezcha.

stki hamda ustki epidermis orasida xlorofill donachalariga boy bo‘lgan mezofill deb ataladigan assimilyatsion to‘qimalar joylashgan. Ikki pallali o‘simliklarda mezofill hujayralar ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi. Bir necha qavat cho‘ziq barg sathiga perpendikulyar joylashgan hujayralar ustunsimon yoki polisat porenximasi deb ataladi. Bu to‘qimada xloroplast juda ko‘p bo‘lgani uchun barg ustki tomonidan to‘q yashil rangda ko‘rinadi.

Ustunsimon parenxima ostida bir oz yumaloqroq, turli shakldagi hujayralar joylashgan bo‘lib, ular g‘ovaksimon yoki bulutsimon parenxima deb ataladi. Bulutsimon parenxima hujayralari siyrak joylashgan, ya’ni orasida bo‘shliqlar bor.



Ustunsimon hujayralar esa ularda zich joylashganligi bilan farq qiladi. Bulutsimon parenximada xloroplastlar nisbatan kam, shuning uchun ham barg ostki tomondan och yashil rangda ko‘rinadi. Hujayra orasidagi bo‘shliqlar orqali havo va suv bug‘lari harakat qiladi. Keraksiz havo va suv ustitsa orqali atmosferaga chiqarilib yuboriladi. Bulutsimon to‘qima o‘zining yassi tomoni bilan ustunsimon to‘qimaga yopishib olib, unda tayyor bo‘lgan organik birikmalarni floemaga yetkazib beradi. Ikkala parenxima birgalikda asimiliyasion to‘qimani tashkil qiladi.

Bargning mikroskopik tuzulishi barg sathiga tushadigan yorug‘lik miqdoriga ham bog‘liq. Quyosh nuri yaxshi tushadigan yerdagi o‘simlik (yantoq, kungaboqar)lar barglarida bir yoki bir necha qavat ustunsimon parenximalar mavjud. Soyada o‘sadigan barglarda esa bulutsimon parenxima to‘qimalari hosil bo‘ladi. Bunday holatni hatto bitta o‘simlikning o‘zida ham kuzatish mumkin. Demak, oftobda o‘sadigan barglar soyada o‘sadiganlarga qaraganda 2-2,5 marta qalin bo‘ladi.

Ustunsimon parenxima quyosh energiyasining miqdoriga qarab, moslashuvchi organ hisoblanadi. Masalan, quyosh energiyasi ko‘p bo‘lsa, hujayradagi xlorofill donachalari o‘zining kichik sathi bilan quyoshga qarab kam nur oladi, agarda bunday energiya kamlik qilsa, yuzasi keng tomoni bilan quyoshga qarab yorug‘lik nurini ko‘proq oladi. Quyosh energiyasi haddan tashqari ko‘p bo‘lsa, xlorofill donachalari ustunsimon to‘qimaning tubiga tushib, yorug‘likdan qochadi. Yorug‘lik kamayganda esa aksincha, yuqoriga ko‘tariladi.

Barg assimilyasion to‘qimalari orasida tomir qismi – tolali nay bog‘lamlari bo‘lib, ksilema shu bog‘lamning ustki, floema esa ostki tomondan joylashadi. Ostida epidermis bilan qoplangan, u bargning tomir qismidan pastdan bir yoki ikki qavat kollenxima to‘qimasi joylashgan bo‘lib, u bargning elastiklik qobiliyatini oshiradi. Uning ostki qismida asosiy parenxima hujayralari bor va unda har-xil organik hamda anorganik moddalar to‘planadi. Shuningdek, bargda uni tik ushlab turuvchi va sinib ketishidan asrovchi mexanik to‘qima sklerenxima ham mavjud.

Yangi mavzu yuzasida o‘quvchilarda savollar tug‘uldi.


  1. Nima uchun piyozning po‘sti begoniya, trodiskansiya gullarining barglari har-xil rangda bo‘lishi nimaga bog‘liq?

  2. Bir urug‘ pallali o‘simliklar bargining tuzulishi ikki urug‘ pallali o‘simliklarning barg tuzulishidan qanday farq qiladi?

  3. Nima uchun archaning barglari doimo yashil?

  4. Ustitsalar hamma barglarda bo‘ladimi?

Yangi mavzuni test orqali mustahkamlash.

  1. Bargda qanday to‘qimalar bor?

  1. assimilyasion, mexanik, o‘tkazuvchi

  2. asosiy assimilyasion, mexanik, o‘tkazuvchi

  3. jamg‘aruvchi to‘qima, hosil qiluvchi

  1. Bargda qanday hujayralar bor?

  1. ustunsimon, bulutsimon,

  2. epiderma, parenxima, suv o‘tkazuvchi naylari

  3. barchasi to‘g‘ri

  1. Barg tomirlari qanday vazifa bajaradi?

  1. suv o‘tkazadi, bargni tashqi tomondan himoya qiladi

  2. ularda o‘tkazuvchi naylar bo‘lganligi uchun, suv unda erigan moddalarni o‘tkazadi

  3. unda mexanik to‘qima bo‘lganligi uchun barg etini mustahkam tutib turadi

  4. b va c javoblari to‘g‘ri.

  1. Oftobda o‘sadigan barglar soyada o‘sadigan barglarga qaraganda qanchalik bo‘ladi?

  1. 1-2 marta qalin

  2. 2-2,5 marta qalin

  3. 4-5 marta qalin

  1. Piyoz po‘stining qizilligi begoniya, trodeskansiya barglarining har-xil rangdaligi qanday pigmentga bog‘liq?

  1. antotsion

  2. plastidalar

  3. lekoplastlar


Uyga vazifa

Mavzuni mustahkamlash uchun o‘qish, bargning ichki tuzulishi rasmini chizish.



Faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi, eng faol guruh aniqlanib rag‘batlantiriladi.
Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling