Fan: biologiya
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
10 - sinf biologiya @sadikov uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hujayraning hayotiy sikli.
Uy vazifasining bayoni:______________________________________________________________
__________________________________________________________________________________ Yangi mavzuning bayoni: Tirik organizmlarning irsiy axborotni saqlash va keyingi avlodga o‘tkazishdek eng muhim xususiyati xromosomalardagi DNKga bog‘liq. Bir bo‘linishdan ikkinchi bo‘linishgacha bo‘lgan davrda har bir xromosoma bitta DNKdan iborat bo‘ladi. Yadroning bo‘linishidan avval reduplikatsiya tufayli DNK molekulalari soni ikki hissa ortadi. Natijada har bir xromosoma ikkita xromatidadan iborat bo‘ladi. Yadro bo‘linishidan avval xromosomalar yorug‘lik mikroskopida aniq ko‘rinmaydigan, lekin maxsus bo‘yoqlar yordamidabo‘yaladigan uzun va ingichka tuzilmalar holida bo‘lib, bu tuzilmalar xromatin deb ataladi. Spirallanish darajasiga ko‘ra xromatinda ikki xil qismlarni farqlash mumkin. Euxromatin – xromatinning spirallashmagan, mikroskopda ko‘rinmaydigan ingichka, genetik jihatdan faol qismi. Geteroxromatin – xromatinning spirallashgan, zichlashgan, genetik jihatdan nofaol qismi. Yadroning bo‘linishidan avval xromatin kuchli spirallashgan, kaltalashgan, yog‘onlashgan strukturani, xromosomani hosil qiladi. Xromosomalar birinchi marta Fleming (1882) va Strasburger (1884) tomonidan aniqlangan. «Xromosoma» atamasini fanga Valdeyer taklif etgan. Xromosomalar quyidagi funksiyalarni bajaradi: irsiy axborotni saqlash, hujayra faoliyatini tashkil etishda irsiy axborotdan foydalanish, irsiy axborotning o‘qilishini nazorat qilish, irsiy axborotni ikki hissa orttirish, ularning nasldan naslga o‘tishini ta’minlash. Hujayraning hayotiy sikli. Ona hujayraning bo‘linib ko‘payishidan hosil bo‘lgan hujayraning bo‘linib ko‘payishi yoki nobud bo‘lgunigacha bo‘lgan davr hayotiy sikl (hujayra sikli) deyiladi. Hujayra hayotiy sikli bir nechta davrlardan iborat: Bo‘linish davri. Bunda hujayraning bo‘linishi sodir bo‘ladi. 8 ta giston oqsili molekulasi nukleosomalardan iborat fi brillalar xromosoma xromatin DNK 2 nm 30 nm 300 nm 700 nm 1400 nm O‘sish davri. Hujayra bo‘linib ko‘paygach, ma’lum o‘lchamlarga qadar hajmi ortadi, o‘sa boshlaydi. Diff erensiatsiyalanish (ixtisoslashish) davri. Bu davrda hujayra ma’lum tuzilish va funksional xususiyatlarga ega bo‘ladi. Yetuklik davri. Hujayra ixtisosligiga mos holda u yoki bu funksiyani bajaradi. Qarish davri. Bu davr hujayra hayotiy funksiyalarining pasayishi bilan ifodalanadi, hujayraning bo‘linishi yoki nobud bo‘lishi bilan yakunlanadi. Hujayralar bo‘linishining ikkita usuli bor: mitoz va meyoz. Мitoz – eukariot hujayralarning bo‘linishi jarayoni bo‘lib, uning natijasida dastlab irsiy material ikki hissa ortadi, so‘ngra qiz hujayralar o‘rtasida teng taqsimlanadi. Mitoz sikli – hujayraning bo‘linishga tayyorgarlik – interfaza va mitoz Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling