Fan: biologiya


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/144
Sana03.11.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1742841
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   144
Bog'liq
10 - sinf biologiya @sadikov uz

Uy vazifasining bayoni:______________________________________________________________ 
__________________________________________________________________________________ 
Yangi mavzuning bayoni:
Tirik mavjudotlarning hayot jarayonlarini chuqur o‘rganish natijasida kashf 
etilgan bilimlardan foydalanib, biologik makromolekulalar va organizmlar ishtirokida yaratilgan texnologiya 
biotexnologiya deb ataladi. Insonlar qadim zamonlardan beri biologik jarayonlardan foydalanib ongsiz ravishda 
sutdan qatiq, bug‘doydan spirt, meva sharbatlaridan sharob yoki sirka 
tayyorlash texnologiyasidan foydalanib kelgan. Bundan tashqari, zotdor hayvonlar yoki sifatli o‘simliklar navlarini 
yaratish asosida ham hayotiy jarayonlarning insonlar tomonidan muvaff aqiyatli boshqarilishi yotadi. Shunday 
biologik texnologiyalar biotexnologiyaning birmuncha sodda ko‘rinishlari bo‘lib, ular an’anaviy biotexnologiya deb 
ataladi. Keyinchalik biologik fanlar, xususan, biokimyo, mikrobiologiya va genetika fanlarining rivojlanishi tufayli 
birmuncha murakkab bo‘lgan, o‘ta nozik va unumli zamonaviy biotexnologiyaga asos solindi. Zamonaviy 
biotexnologiya mikro organizmlarni sanoat miqyosida ko‘paytirib, ular biomassasidan insonlar uchun zarur bo‘lgan 
moddalar – fermentlar, gormonlar, vitaminlar olish yo‘nalishlarida rivojlanib bormoqda. XX asr davomida 
yaratilgan biotexnologiyalar asosida mikroorganizmlar yotadi, desa to‘g‘riroq bo‘ladi. Tez ko‘payadigan, genetik 
jihatdan chuqur 
o‘rganilgan mikroorganizmlardan foydalanib turli xil mahsulotlar: doridarmonlar, oziq-ovqat mahsulotlari va 
boshqa biologik faol moddalarni ishlab chiqarish imkoniyatlari bor. Masalan, bakteriyalar genomiga odam oshqozon 
osti bezidan olingan insulin genini kiritish orqali biologik faol va toza bo‘lgan insulin gormonini yoki o‘sish 
gormoni genini kiritish bilan somatotropin gormonini ko‘plab miqdorda ishlab chiqarish mumkin. Hozirda bir qator 
dunyo biotexnologik kompaniyalari shu usul orqali turli dori-darmonlarni ishlab chiqarmoqda. Bugungi kunga kelib, 
zamonaviy biotexnologik usullar bilan gen muhandisligi yordamida farmatsevtika uchun interferonlar, insulin, soma 
totropin, gepatitga qarshi vaksina, fermentlar, klinik tadqiqotlar uchun diag nostik ashyolar (narkomaniya, gepatit va 
boshqa bir qator yuqumli kasalliklarni aniq lash uchun test tizimlar, biokimyoviy tekshirishlar uchun reaktivlar, 
egiluvchan biologik plastmassalar, antibiotiklar) ishlab chiqariladi. 
Mustaxkamlash:
1. Gen muhandisligi yordamida farmatsevtika uchun qanday mahsulotlar 


www.sadikov.uz @sadikov_uz
Mazkur dars ishlanmalar to’plamidan faqat namuna sifatida foydalansa bo’ladi!
yaratiladi? 
2. Nonda oqsil miqdorini va uning to‘yimlilik darajasini oshirish uchin nima 
ishlar qilinmoqda? 
3. Dori-darmonlar, vitaminlar, fermentlar olishda qanday natijalarga erishildi? 

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling