Fan: biologiya


Uslubi:______________ Ko’rgazmali qurollar


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/144
Sana03.11.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1742841
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   144
Bog'liq
10 - sinf biologiya @sadikov uz

Uslubi:______________
Ko’rgazmali qurollar: «Biologiya» darsligi, «Biologiya fanidan o’quv uslubiy qo’llanma»Fanga oid 
ko’rgazmali qurollar va rasmlar
, doska bo’r, daftar. 
Darsning borishi: 
Tashkiliy qism: O’qituvchining salomlashishi, jurnalga yo’qlama qilishi,sinf o’quvchilarini darsga jalb 
qilib, ishchi muhitini yaratish. 
Uy vazifasining bayoni:______________________________________________________________ 
__________________________________________________________________________________ 
Yangi mavzuning bayoni:
Tabiatda yangi turlarning hosil bo‘lish jarayoni mutatsiyalarga boy bo‘lgan 
populatsiyalarda boshlanadi. Olimlar tur paydo bo‘lishini uchta asosiy usulini farq qiladilar. Birinchi 
usulda turlar soni oshmagan holda bir tur o‘rnini ikkinchi yangi tur egallaydi. Ikkinchi usulda ikki xil 
turga oid organizmlar chatishishi natijasida uchinchi turning kelib chiqishi kuzatiladi. Uchinchi usul 
belgilarining ajralishi – divergensiya bilan bog‘liq (105-rasm). Individlar bir tur doirasida har xil 
populatsiyalarga mansub bo‘lsa va erkin chatishib, nasl bersa, tur yaxlit va butun hisoblanadi. Yangi tur 
hosil bo‘lishi uchun esa populatsiyalar orasida alohidalanish yuzaga chiqishi kerak. Alohidalashgan 
populatsiyalarning belgi va xossalari orasidagi farqlar kuchayib boradi, yangi turlarning paydo bo‘lishiga 
olib keladi
Allopatrik yo‘nalish yoki geografi k alohidalanish bilan tur paydo bo‘lishi. 
Tur areali kengayganda yoki yirik geologik jarayonlar: qit’alarning surilishi, tog‘ hosil bo‘lishi, suv 
to‘siqlari natijasida bir nechta alohidalashgan populatsiyalar paydo bo‘ladi. Populatsiyalardagi irsiy 
o‘zgarishlar, yashash uchun kurash va tabiiy tanlanish natijasida asta-sekin populatsiyalardagi gen 
tarkibida farq paydo bo‘la boshlaydi. Bu jarayon yangi tur hosil bo‘lishiga olib keladi. Qirg‘ovullarning 
xiva, yettisoy, murg‘ob, kavkaz, manjur, yapon kenja turlari xuddi shu yo‘l bilan kelib chiqqan.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling