Fan: biologiya


Uslubi:______________  Ko’rgazmali qurollar


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/144
Sana03.11.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1742841
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   144
Bog'liq
10 - sinf biologiya @sadikov uz

Uslubi:______________ 
Ko’rgazmali qurollar: «Biologiya» darsligi, «Biologiya fanidan o’quv uslubiy qo’llanma»Fanga oid ko’rgazmali 
qurollar va rasmlar, doska bo’r, daftar. 
Darsning borishi: 
I.Tashkiliy qism: O’qituvchining salomlashishi, jurnalga yo’qlama qilishi,sinf o’quvchilarini darsga jalb qilib, 
ishchi muhitini yaratish. 
II.Uy vazifasining bayoni:______________________________________________________________ 
__________________________________________________________________________________ 
III.Yangi mavzuning bayoni: Evolutsiya juda ham uzoq muddatli tarixiy jarayon bo‘lganligi sababli, 
bu jarayonni qisqa vaqt davomida kuzatishning imkoni yo‘q. Ayniqsa, yiriksistematik birliklarning hosil bo‘lishi 
uchun million yillar kerak bo‘ladi. Tur doirasida kechadigan evolutsion jarayonlar mikroevolutsiya deyiladi. Turdan 
yuqori bo‘lgan sistematik guruhlarning paydo bo‘lish jarayoni makroevolutsiya deyiladi. Molekular biologiya
Hujayra tuzilishida, unda kechadigan jarayonlarni 
energiya bilan ta’minlashda oqsillar, nuklein kislotalar, lipidlar, uglevodlar asosiy o‘rinni egallaydi. Ular orasida 
oqsillar va nuklein kislotalar hujayra hayotida muhim o‘rin tutadigan makromolekulalardir. Evolutsiyaning 
molekular soatlari. Odatda bir qancha turlarda oqsillar 
divergensiyasini aniqlash orqali ularning bir-biridan ajralish muddati haqida mulohaza yuritiladi. Oqsil tarkibidagi 
aminokislotalar almashinuviga qarab u yoki bu avlod oila, turkum, sinf, tiplarning divergensiya muddati aniqlanadi. 
Masalan, β- globin oqsili shajarasini o‘rganish natijasida uning tuzilishi bundan 400 mln yil oldin odam bilan karp 
balig‘i, 225 mln yil oldin yexidnalar bilan odam, 70 mln yil oldin it bilan odam ajdodlarida o‘xshash bo‘lgan degan 
xulosaga kelindi. Sitologiya. O‘simlik, hayvon, odam tanasi hujayralardan tashkil topgan. Barcha tirik mavjudot 
tana tuzilishidagi bunday o‘xshashlik ular bir tarmoqdan kelib chiqqanligini isbotlovchi dalil hisoblanadi. O‘simlik, 
hayvon, odam 
hujayralarida membrana, sitoplazma, yadro, sitoplazmatik organoidlar: endoplazmatik tur, ribosoma, 
mitoxondriyalar, Golji appa ratining borligi, barcha tirik mavjudotlarda genetik kodning bir xilligi ham organik olam 
turli xil vakillarining kelib chiqishi birligidan dalolat beradi. 
Embriologiya. Barcha ko‘p hujayrali hayvonlar o‘z shaxsiy rivojlanishini urug‘langan tuxum hujayra – zigotadan 
boshlaydi. Zigotaning bo‘linishi, murtakning ikki, uch qatlamli holati, uning varaqlaridan turli organlarning hosil 
bo‘lishi kuzatiladi. Embrionning rivojlanishdagi o‘zaro o‘xshashlik, ayniqsa, bir tip yoki sinfga mansub hayvonlarni 
o‘zaro taqqoslaganda ko‘zga yaqqol tashlanadi 

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling