Fan: biologiya
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
10 - sinf biologiya @sadikov uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch kompetensiyalar: Ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyasi
- Uslubi
- II.Uy vazifasining bayoni
- Hayotning paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi nazariyalar.
3. Rivojlantiruvchi:
kreatsionizm, panspermiya, biogenez, ultrabinafsha, meteorit, Konservatsiyalash xaqida o’quvchi bilimini rivojlantirish. Fanga oid kompetensiyalar: Biologik ob’ekt, hodisa, jarayonlarni tushunish, tanish, izohlash kompetentsiyasi. Biologik ob’ekt, hodisa, jarayonlar ustida kuzatish va tajribalarni o’tkazish kompetentsiyasi. Sog’lom turmush tarzi va ekologik kompetentsiya. Tayanch kompetensiyalar: Ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyasi Jamiyatda bo’layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o’zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo’lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Uslubi:______________ Ko’rgazmali qurollar: «Biologiya» darsligi, «Biologiya fanidan o’quv uslubiy qo’llanma»Fanga oid ko’rgazmali qurollar va rasmlar , doska bo’r, daftar. Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O’qituvchining salomlashishi, jurnalga yo’qlama qilishi,sinf o’quvchilarini darsga jalb qilib, ishchi muhitini yaratish. II.Uy vazifasining bayoni:______________________________________________________________ __________________________________________________________________________________ III.Yangi mavzuning bayoni: Hayotning ta’rifi . Hayotning mohiyati, uning xilma-xilligi, kelib chiqishi va rivojlanishini o‘rganish biologiya fanining eng murakkab muammolaridan biridir. Hayotning paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi nazariyalar. Hayotning paydo bo‘lishi insoniyatni juda qadim zamonlardan beri qiziqtirib kelmoqda. Hayotning paydo bo‘lishi to‘g‘risida bir qancha farazlar mavjud. Hayotning o‘z-o‘zidan paydo bo‘lishi haqidagi tushunchalar qadimgi Xitoy, Vavilon va Misrda keng tarqalgan edi. Mashhur Aristotel ham bu farazning tarafdori bo‘lgan. Bu faraz tarafdorlari tirik organizmlar o‘z-o‘zidan notirik tabiatdan paydo bo‘ldi deb hisoblaydilar. 1688-yilda Italiya olimi F. Redi tajribada hayotning o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmasligini isbotlab berdi. F. Redi go‘shtni yopiq idishga solib qo‘yganida pashshalar kira olmaganligi uchun unda lichinkalar paydo bo‘lmadi. Lekin hayotning o‘z-o‘zidan paydo bo‘lishi tarafdorlari idishga havo kirmagani uchun shunday bo‘ldi, deb uni tanqid qildilar. Shunda F. Redi go‘sht solingan idishlarning ayrimlarini ochiq qoldirib, boshqalarini doka bilan www.sadikov.uz @sadikov_uz Mazkur dars ishlanmalar to’plamidan faqat namuna sifatida foydalansa bo’ladi! yopib qo‘ydi (119-rasm). Doka bilan yopilgan idishlarda lichinkalar paydo bo‘lmadi, ochiq idishlardagi go‘shtda esa son-sanoqsiz lichinkalar paydo bo‘ldi. Shunday qilib, mohirlik bilan o‘tkazilgan oddiy tajriba yordamida pashshaning lichinkalari chirigan go‘shtda o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmasligi, pashshaning tuxumlaridan chiqib ko‘payishi isbotlab berildi. F. Redi hayotning hozirgi zamonda faqat mavjud hayot shakllaridan biogenez yo‘li bilan rivojlanishi mumkinligini tajribada tasdiqladi. Ch. Darvin fi kriga ko‘ra, hayot faqat hayot bo‘lmagan sharoitlardagina kelib chiqishi mumkin. Geterotrof mikroorganizmlar yangi hosil bo‘lgan organik moddalarni darrov parchalab tashlaydi. Shuning uchun ham hozirgi davrda hayot yangidan kelib chiqishi mumkin emas. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling