Fan: biologiya
Uslubi: Noananaviy Ko’rgazmali qurollar
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
10 - sinf biologiya @sadikov uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uy vazifasining bayoni
- Jinsiy ko‘payishning ahamiyati.
- Jinsiy ko‘payish shakllari. Izogamiya
- Gulli o‘simliklarda jinsiy ko‘payish.
- Mustaxkamlash
Uslubi:
Noananaviy Ko’rgazmali qurollar: «Biologiya» darsligi, «Biologiya fanidan o’quv uslubiy qo’llanma»Fanga oid ko’rgazmali qurollar va rasmlar , doska bo’r, daftar. Darsning borishi: Tashkiliy qism: O’qituvchining salomlashishi, jurnalga yo’qlama qilishi,sinf o’quvchilarini darsga jalb qilib, ishchi muhitini yaratish. Uy vazifasining bayoni:______________________________________________________________ __________________________________________________________________________________ Yangi mavzuning bayoni: Jinsiy ko‘payishda yangi organizm ota va ona organizmlarining jinsiy hujayralari – gametalar ishtirokida hosil bo‘ladi. Erkaklik va urg‘ochilik jinsiy hujayralarining qo‘shilishi natijasida zigota hosil bo‘ladi. Zigotadan yangi organizm rivojlanadi. Yangi organizm genotipi ota-ona genotipidan farq qiladi. Jinsiy ko‘payish asosida kombinativ o‘zgaruvchanlik yotadi. Jinsiy ko‘payishning ahamiyati. Jinsiy ko‘payish organizmlar evolutsiyasida muhim rol o‘ynaydi. Bu jarayon ota-ona irsiy belgilarining birlashishiga imkon beradi. Hosil bo‘lgan yangi avlod ota-onasiga nisbatan yashovchan va o‘zgargan muhit sharoitiga moslanuvchan bo‘ladi. Jinsiy ko‘payish shakllari. Izogamiya – shakli va o‘lchami bir xil, harakatchan erkak va urg‘ochi gametalarning qo‘shilishi bilan boradigan jinsiy ko‘payish shakli (ulotriks). Geterogamiya erkak va urg‘ochi gametalar harakatchan, lekin urg‘ochi gametalar erkak gametalarga nisbatan yirik bo‘lishi bilan xarakterlanadi (xlamidomonada). Oogamiya – jinsiy ko‘payishning bir shakli bo‘lib, urg‘ochi gametalar yirik, harakatsiz, tuxum hujayra deb ataladi, erkak gametalar mayda bo‘lib, harakatchan bo‘lsa spermatozoid (hayvonlar, yo‘sinlar, qirqquloqlar), harakatsiz bo‘lsa spermiy (gulli o‘simliklar) deb yuritiladi. Gulli o‘simliklarda jinsiy ko‘payish. Gulli o‘simliklarda jinsiy hujayralar – changchining changdonida, urug‘chining urug‘kurtagida yetiladi. Chang xaltasidagi diploid mikrosporotsit hujayra meyoz yo‘li bilan bo‘linib, 4 ta mikrosporani hosil qiladi. So‘ng har bir mikrospora mitoz yo‘li bilan bo‘linib ikkita: yirik vegetativ va mayda generativ hujayralarga ega chang donasiga aylanadi. Generativ hujayra yana mitoz usulida ikkiga bo‘linib ikkita spermiyni hosil qiladi Tugunchaning urug‘kurtagidagi diploid to‘plamli megasporotsit hujayra meyoz bo‘linishdan so‘ng 3 ta mayda, 1 ta yirik hujayra – megasporani hosil qiladi. Mayda hujayralar tezda nobud bo‘ladi. Megaspora 3 marotaba mitoz yo‘li bilan bo‘linadi va sakkiz yadroli murtak xaltasini hosil qiladi. Mustaxkamlash: 1. Jinsiy ko‘payishning qanday turlarini bilasiz? 2. Bir hujayralilarning jinsiy ko‘payishini aytib bering. 3. Konyugatsiya va kopulatsiyaning farqlarini ta’rifl ang. 4. Ko‘p hujayralilarning jinsiy ko‘payishini aytib bering. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling