Fan: biologiya


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/144
Sana03.11.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1742841
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   144
Bog'liq
10 - sinf biologiya @sadikov uz

Darsning borishi: 
Tashkiliy qism: O’qituvchining salomlashishi, jurnalga yo’qlama qilishi,sinf o’quvchilarini darsga jalb 
qilib, ishchi muhitini yaratish. 
Uy vazifasining bayoni:______________________________________________________________ 
__________________________________________________________________________________ 
Yangi mavzuning bayoni: Ko‘payish tirik organizmlarning genetik axborotdan foydalangan holda 
o‘ziga o‘xshaganlarni yarata olish xususiyatidir. Tirik organizmlarning ko‘pa yish xususiyati tufayli tur 
doirasida avlodlar almashinuvi uzluksizligi ta’minlanadi. Ko‘payish jarayonida genetik materialning 
xilma-xil kombinatsiyalari hosil bo‘lishi tufayli yangi irsiy belgilarga ega organizmlar paydo 
bo‘ladi. Bu esa tur ichida xilma-xillikni ta’minlovchi omildir. Tabiatda ko‘payishning ikki xil turi: jinssiz 
va jinsiy ko‘payish farqlanadi: Jinssiz ko‘payish. Jinssiz ko‘payish tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, bir 
hujayrali va ko‘p hujayrali organizmlarda kuzatiladi. Jinssiz ko‘payishga xos xususiyatlar: ko‘payishda 
faqat bitta ona organizm ishtirok etadi, somatik hujayralar yordamida amalga oshadi, mitoz jarayoniga 
asoslangan, hosil bo‘lgan yangi organizm ona organizmning genetik jihatdanaynan nusxasi bo‘ladi
Jinssiz ko‘payishning evolutsiyadagi ahamiyati. Qulay sharoitda individlarning tez va ko‘p nasl 
qoldirishini ta’minlashdir. Lekin jinssiz ko‘payishda organizmning yangi muhit sharoitiga moslanishni 
ta’minlovchi genetik axborotning o‘zgarishi, almashinishi va xilma-xillikning ortishi kuzatilmaydi. 
Shuning uchun ham ko‘pchilik organizmlar nafaqat jinssiz balki jinsiy usulda ham ko‘payadi. 
Oddiy binar bo‘linish prokariot organizmlarda kuzatiladi. Prokariot hujayraning halqasimon DNKsi 
replikatsiyalanadi, hujayra o‘rtasida to‘siq hosil bo‘lib, hujayra ikkiga bo‘linadi (35-rasm). Bir 
hujayrali sodda hayvonlardan amyoba, evglena, infuzoriya kabi hayvonlarning binar bo‘linishi mitoz 
jarayoniga asoslangan. Bezgak paraziti hayot siklida shizogoniya – ko‘p bo‘linish sodir bo‘ladi. Hujayra 
yadrosi bir necha marta mitoz bo‘linib, yosh hujayralarni hosil qiladi. Xlorella, xlamidomonada kabi 
suvo‘tlari, zamburug‘lar sporalar orqali ko‘payadi. Sporalar mitoz usulida hosil bo‘ladigan gaploid 
hujayralar bo‘lib, tarqalishga xizmat qiladi
Yuksak hayvonlarda (zirhlilar) zigotadan rivojlanayotgan 
embrion ilk rivojlanish bosqichida bir necha fragmentlarga bo‘linib, har bir fragmentdan yangi organizm 
rivojlanadi. Bu hodisa poliembrioniya deyiladi. Odamlarda bir tuxumli egizaklarning rivojlanishi ham 
buning yaqqol misolidir. Tabiatda o‘simliklarning vegetativ organlari – ildizi, poyasi va bargi orqali 

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling