Monitoring va baholash: o‘quv mashgulotida xam butun kurs davomida xam o‘qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test topshiriklari yoki yozma ish variantlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baxolanadi.
“SHaharlar geografiyasi” fanini o‘qitish jarayonida kompyuter texnologiyasidan va turli dasturlaridan foydalaniladi. Ayrim mavzular bo‘yicha talabalar bilimini baxolash test asosida va kompyuter yordamida bajariladi. “Internet” tarmogidagi rasmiy iqtisodiy kursatkichlaridan foydalaniladi, tarkatma materiallar tayyorlanadi, test tizimi xamda tayanch suz va iboralar asosida oralik va yakuniy nazoratlar o‘tkaziladi.
Mazkur fanni o‘qitish jarayonida ta’limning zamonaviy usullari, yangi pedagogik va axborot – kommunikatsiya vositalari qo‘llanilishi mo‘ljallangan. Dasturdagi barcha ma’ruza mavzularini o‘tishda ta’limning zamonaviy usullaridan keng foydalanish, o‘quv jarayonini yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish samarali natija beradi. Bu borada zamonaviy pedagogik texnologiyaning “Bumerang”, “Elpig‘ich”, “Aqliy xujum”, “Masofaviy ta’lim”, “Zanjir”, “Klaster” hamda “Muammoli ta’lim” texnologiyasining “Munozarali dars” kabi usullarini qo‘llash o‘rinlidir.
5. “Tabiatdan foydalanishning geografik asoslari” fanidan mashg‘ulotlarning mavzular va soatlar bo‘yicha taqsimlanishi:
ASOSIY QISM:
6. Fanning uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi
Asosiy qismda (ma’ruza) fanni mavzulari mantiqiy ketma-ketlikda keltiriladi. har bir mavzuning moxiyati asosiy tushunchalar va tezislar orqali ochib beriladi. Bunda mavzu bo‘yicha talabalarga DTS asosida etkazilishi zarur bo‘lgan bilim va kunikmalar to‘la kamrab olinishi kerak.
Asosiy qism sifatiga qo‘yiladigan talab mavzularning dolzarbligi, ularning ish beruvchilar talablari va ishlab chikarish extiyojlariga mosligi, mamlakatimizda bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy va demokratik uzgarishlar, iqtisodiyotni erkinlashtirish, iqtisodiy-xukukiy va boshka sohalardagi isloxatlarning ustuvor masalalarini kamrab olishi xamda fan va texnologiyalarning sungti yutuklari e’tiborga olinishi tavsiya etiladi.
7. Ma’ruza mashg‘ulotlarining mazmuni.
Do'stlaringiz bilan baham: |