Fan haqida umumiy ma’lumotlar. Mashina detallari fanining tarixi va vazifasi. Mashina detallariga qo’yiladigan asosiy talablar


Buni quyidagi misolda tushuntirish mumkin


Download 249.6 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana23.12.2022
Hajmi249.6 Kb.
#1047464
1   2   3   4
Bog'liq
1-Ma\'ruza

Buni quyidagi misolda tushuntirish mumkin. Ba’zi mashinalar yoki 
mexanizmlar yuqori bosim ostida, tajovuzkor muhit ta’siri ostida (bu asosan 
kimyoviy apparatlarda, yuqori bosim ostida ishlovchi qozonlarda, nasoslarda
chorvachilik va meliorativ texnikada, gidroelektr stansiyalarning generatorlarida 
uchraydi), ba’zilari esa yuqori harorat, bo’shliq, radiasiya ostida ishlatiladi. Ko’p 
hollarda mashinalarning ishonchliligini aniqlashda etakchi omil e’tiborga olinadi. 
Bunda ta’sir qilayotgan boshqa omillar ikkilamchi deb qaraladi. 
Shuning uchun ham mashinalarni loyihalashda va hisoblashda ularning 
konstruksiyasini qulaylashtirish usullari ishlatiladi. 


Mashina detallari materiallari esa quyidagi talablarga javob berishi 
lozim: arzon; oson topiladigan; mashina yoki detalning ish sharoitiga mos 
keladigan va iloji boricha yuqoridagi talablarga to’liq javob beradigan. Mashina 
uchun detal tayyorlanganda materialning turli xossalari e’tiborga olinadi. 
Materialning mexanik xossalariga mustahkamlik, shakl o’zgarishiga moyillik
elastiklik, oquvchanlik chegarasi, nisbiy cho’ziluvchanlik va zarbiy qovushqoqlik 
kabilar kiradi. 
Materialning texnologik xossalarini payvandlanish, puxtalanuv, kesib 
ishlanuv va quyulib ishlash mumkinligi kabi xossalar tashkil etadi. Materialning 
iqtisodiy xossasi esa asosan uning tannarxidir. 
 
Loyiha va tekshiruv hisoblari haqida ma’lumotlar 
Detalning 
o’lchamlarini 
asosiy 
ishchanlik 
qobiliyatiga 
(masalan, 
mustahkamlik, bikrlik, yeyilishga chidamlilik va boshqalar) mos keluvchi ifodalar 
orqali aniqlash loyiha hisobi deyiladi. Bu hisoblash usuli detalning yoki 
konstruksiyaning o’lchamlari oldindan noma’lum bo’lganda qo’llaniladi. Loyiha 
hisoblari qator cheklanishlarga asoslangan va dastlabki hisob shaklida bajariladi. 
Detalning asosiy ishchanlik qobiliyati mezonining amaldagi tavsiflarini aniqlash va 
ularni ruxsat etilgan qiymatlari bilan taqqoslash tekshiruv hisobi deb ataladi. 
Tekshiruv hisobida hisobiy kuchlanishlar va mustahkamlik zahirasi koeffisientlari, 
haqiqiy solqilik va kesimning qiyalik burchagi, harorat va shu kabilar aniqlanadi. 
Tekshiruv hisobi aniqlashtirilgan usul hisoblanadi. Bu hisob detalning shakli va 
o’lchamlari loyiha hisobidan aniqlangan yoki konstruktiv asosda qabul qilingan 
holatlarda bajariladi. 
Hisob va konstruksiyalash uzviy bog’langandir. Loyiha va tekshiruv hisoblari asosida 
chizma ko’rinishida mexanizm yoki mashinani yaratishning ijodiy jarayoni 
konstruksiyalash deyiladi. Mashina konstruksiyasining ishlanmasi bajarilayotganda 
mashinani tayyorlash va ishlatishga sarflanadigan xarajatlarning kamligida uning kerakli 
tavsiflarini ta’minlay oladigan qulay konstruksiyani olish uchun turli variantlar ko’rib 
chiqiladi. 
Konstruksiyalash maxsus omillarni va loyihalanayotgan mashinaning 
ko’rsatkichlarini shu rusumdagi mashinalarni ishlatish tajribasini aks ettiruvchi 
statik material va ma’lumotlarni har tomonlama tahlil qilishni hamda zamonaviy 
mashinasozlikning hamma talablarini e’tiborga olishni talab etadi.

Download 249.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling