Fan haqida umumiy ma’lumotlar. Mashina detallari fanining tarixi va vazifasi. Mashina detallariga qo’yiladigan asosiy talablar


Kursning maqsadi va vazifalari, uning boshqa fanlar bilan aloqadorligi


Download 249.6 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana23.12.2022
Hajmi249.6 Kb.
#1047464
1   2   3   4
Bog'liq
1-Ma\'ruza

Kursning maqsadi va vazifalari, uning boshqa fanlar bilan aloqadorligi 
Kursning maqsadi: turli mashinalar uchun bir xil bo’lgan detallarni 
hisoblashda va loyihalashda zamonaviy usullarni, qoidalarni takomillashtirish, 
muhandislik tafakkurini rivojlantirishdir (boltlar, gaykalar, vallar, tishli 
g’ildiraklar, muftalar va boshqalar). 


Kursning vazifalari: detallarning mashinadagi ishlash sharoitlarini hisobga 
olgan holda hisoblash va loyihalash malakalarini singdirish, materiallarni to’g’ri va 
aniq tanlash, detal shaklini, aniqlik darajasini va yuzaning ishlanish sifatini to’g’ri 
belgilash, bikrlikka, ustuvorlikka, ishqalanishga va yeyilishga, zanglashga 
bardoshlilik va chidamlilikka hisoblashni o’rgatishdir. 
«Mashina detallari» kursi matematika, fizika, nazariy mexanika, metallar 
texnologiyasi, materiallar qarshiligi, mashina va mexanizmlar nazariyasi, 
materialshunoslik, mashinasozlik chizmachiligi, iqtisod, sanoat dizayni va badiiy 
konstruksiyalash, metallar zanglashi kabi bir qator fanlarga chambarchas 
bog’likdir. 
 
Mashina va ularning detallariga hamda detal materiallariga qo’yiladigan 
talablar 
Mashinalarga quyidagi talablar qo’yilishi mumkin:
- yuqori unumdorlik;
- ishonchlilik va umrboqiylik;
- boshqarishning va xizmat ko’rsatishning oddiyligi;
- mashinani loyihalashga va uni tayyorlashga sarflangan mablag’ning tezda 
o’zini qoplashi;
- o’lchamlarining kichikliga;
- yaxshi tashqi ko’rinishga ega bo’lishi. 
Mashina detallariga esa ularning ish sharoitidan kelib chiqib quyidagi 
asosiy talablar qo’yilishi mumkin:
- lozim bo’lgan mustahkamlik, bikrlik, ustuvorlik, issiqbardoshlik, titrashga 
va yeyilishga chidamlilik, zanglashga moyil emaslik, ishchanlik qobiliyatining 
mezonlariga javob berishi;
- arzon va serob materialdan tayyorlanishi mumkinligi;
- shakli oddiy, ishlanishi qulay bo’lgan konstruksiyaga ega bo’lishi; 
- yuqori ishonchlilikka ega bo’lishi. 

Download 249.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling