1-MA’RUZA
FAN HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR. MASHINA DETALLARI
FANINING TARIXI VA VAZIFASI. MASHINA DETALLARIGA
QO’YILADIGAN ASOSIY TALABLAR
I. Ma`ruza rejasi:
1. Mashina detallari fanining tarixi, vazifasi.
2. Mashina detallariga qo’yiladigan asosiy talablar.
II. Tayanch so’z va iboralar:
Mashina,
mexanizm, uzel, detal, mustahkamlik, bikrlik, issiqbardoshlik,
yeyilishga
va titrashga chidamlilik, kuchlanish, mustahkamlik chegarasi,
oquvchanlik chegarasi, toliqish chegarasi.
III. Maqsad:
Kurs haqida umumiy ma’lumotlar bilan tanishish. Mashina detallari fanining
tarixi, vazifasi va mashina detallariga qo’yiladigan asosiy talablarni o’rganish.
IV. Mustaqil tayyorgarlik/o‘z-o‘zini tekshirish uchun savol va topshiriqlar
1. Mashinaga ta’rif bering.
2. Mexanizmga ta’rif bering.
3. Uzelga ta’rif bering.
4. Detalga ta’rif bering.
5. Kursning maqsadini keltiring.
6. Kursning vazifasini keltiring.
V. Matn
Umumiy holatlar.
Mashinasozlik sanoat va qishloq xo’jaligining taraqqiy etishi uchun zarur
bo’lgan texnikaviy baza yaratadi. Shunday ekan, har bir ishchi, muhandis hamda
olimning vazifasi zamonamiz talabiga to’la
javob beradigan, yuqori unumli,
mustahkam va foydali ish koeffisienti yuqori bo’lgan yangidan-yangi mashinalar
yaratishdan iborat. Buning uchun mashinalar loyihalashda
ular detallarining
mumkin qadar yengil, etarli darajada mustahkam,
ishqalanishga chidamli, shakli
oddiy, ishlatilishi qulay va xavfsiz,
shuningdek, davlat standartlarida qo’yilgan
talablarni to’la qondiradigan bo’lishiga erishish kerak. Bundan tashqari, detallar
ishdan chiqqanda yangisiga tez va oson almashtiriladigan bo’lishi ham zarur.
Tabiiyki, bunday vazifani yuqori malakali mutaxassislargina hal qila oladi.
Anna shunday mutaxassislar tayyorlashda «Mashina detallari» kursi alohida o’rin
tutadi.
Mashina - bir qancha detallardan tuzilgan bo’lib, ma’lum
ish bajarish,
quvvatni bir turdan boshqa turga aylantirish, foydali qarshilikni engish,
dasturlangan nazorat yoki akliy faoliyat uchun mo’ljallangan mexanizmdir.
Har bir mashina uch guruh mexanizmdan tuzilgan:
harakatlantiruvchi,
uzatuvchi va ijro etuvchi.
Mexanizm - ko’zda tutilgan harakatni uzatish uchun sun’iy yo’l bilan
biriktirilgan oddiy zvenolarning tizimidir (kulisali, kulachokli,
friksion,
krivoshipli, richagli va boshqalar).